Boboxonov Shamsuddinxon Ziyovuddinxon o‘g‘li


1268

Tug‘ilgan sana: 1937 Aprel 8
Vafot etgan sana: 2003 Aprel 15
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: O‘qituvchilar

Shamsuddinxon Ziyovuddinxon o‘g‘li Boboxonov (1937-2003)—sovet va o‘zbek arabshunos olimi, filologiya fanlar doktori , diplomat, muallim, qori, diniy va jamoat arbobi. 1982-89 yillarda - O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va 5 ta Respublika muftiysi.

Tarjimai hol

Boboxonov, Shamsuddinxon Ziyovuddinxon o‘g‘li 1937 yil 8 aprelda Toshkent shahrida taniqli dindor arbob Ziyauddinxon ibn Eshona Bobaxon oilasida tug‘ilgan. 

1955 yil 28 sonli maktabni 10 sinfni bitirgach, Toshkent chet tillar instituti ingliz tili fakultetiga hujjat topshirdi. 1961 yildan boshlab Sh.Boboxonov Moskvadagi sharqshunoslik akademiyasida aspirantura davom ettirdi. Shu yerning o‘zida u arab filologiyasi bilan shug‘ullanishni boshladi va arab tilini chuqurroq o‘rgandi. 

1973 yili Moskvada “Категория двойственных чисел в арабском языке” mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan. 1974 yildan boshlab filologiya fanlar nomzodi Shamsiddin Babaxonov SSSRdagi yagona oliy islom bilimi yurti Al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom universitetida prorektor bo‘lib, 1975 yilda esa rektor lavozimini egalladi.

Ko‘p e’tiborini institut talabalari uchun o‘quv darsliklarni nashr ettiriish uchun qaratdi. 

1982 yil oktyabr oyida qurultoyning qaroriga ko‘ra Shamsiddinxon otasining o‘rniga beshta Respublika muftiysi hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlar diniy idorasi raisi etib tayinlandi. 1982 yil dekabrda Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon vafotidan so‘ng u SSSR musulmonlar tashkilotlarining Xalqaro aloqalari bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi.

1985 yilda Quronning keyingi nashrini nashr etish kengashini boshchilik qildi.

1985 yildan boshlab doktor Shamsiddinxon Boboxonov—Musulmon Iordaniya akademiyasi qirolligining haqiqiy a’zisi.
Ilmiy va ijtimoiy xizmati bilan dong taratgan Sh.Boboxonovni Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro mukofoti va Xalqlar do‘stligi nishoni bilan taqdirlandi.

Misr Arab Respublikasi Saudiya Arabistoni qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulotda muxtor elchisi hamda Shamsiddin Boboxonov O‘zbekistonning tashqi ishlar vazirligi maslaxatchisi va mustaqil Respublikani diplomatik takshil etish varivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdi. Shamsiddin Boboxonov 2003 yil 15 aprelda vafot etdi. Toshkentdagi “G‘oyib-ota” qabristoning oilaviy sag‘anasiga dafn etildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit