Borovskiy Pyotr Fokich


2111

Tug‘ilgan sana: 1863 May 27
Vafot etgan sana: 1932 Dekabr 15
Tug‘ilgan joyi: Rossiya imperiyasi
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

Borovskiy Pyotr Fokich (27.05.1863 - 15.12.1932) - jarroh va parazitolog, O‘zbekistonda o‘lka patologiyasi asoschilaridan biri; tibbiyot fanlari doktori (1891), professor (1920), Mehnat Qahramoni (1927).

Toshkent harbiy gospitalida jarroh va bakteriologik labarotoriya boshlig‘i (1892-1910), Qizil Yarim oy jamiyati kasalxonasida jarrox. (1910-20), 1920 yildan umrining oxirigacha O‘rta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti jarrohlik kafedrasining mudiri bo‘lgan. Tibbiyot fani tarixida birinchi bo‘lib(1898) yomon jarohat (leyshmanioz) mikrobini topgan. Qovuqqa chok solish(tikish)ning yangi usulini taklif qilgan.

Borovskiy Pyotr Fokichning tavallud topgan kuniga 27 mayda roppa-rosa 152 yil to‘ladi. 

Pyotr Fokich Borovskiy – atoqli rus, sobiq sovet vrach-xirurgi 1892 yilda Toshkent markaziy harbiy klinikasining xirurgiya bo‘limi katta vrachi lavozimida ishlagan. U shuningdek Toshkent miditsina instituti professori hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tashkilotining asoschilaridan hisoblanadi.

Pyotr Fokich Borovskiy Chernigovskiy tumanining Starodubsk Pogar shaharchasida 1863 yilning 27 mayida tug‘ilgan. 1887 yili Sankt-Peterburgdagi Harbiy-tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 1892 yildan Toshkent harbiy gospitalida xirurg bo‘lib ishlagan. U sobiq Toshkent universiteti(hozirda Toshkent tibbiyot instituti)da tibbiyot fakulteti asoschisi bo‘lgan.

Borovskiy Toshkent tibbiyot institutining professori bo‘lgan va 1920 yildan umrining oxiriga qadar Toshkent tibbiyot instituti xirurgiya Gospitali kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi asoschilaridan hisoblanadi hamda tibbiyot faniga katta ilmiy hissani qo‘shgan olimlar qatorida sanaladi.

1927 yil O‘zbekiston hukumati Barovskiyni “Mehnat qahramoni” hamda shu yili u “Qizil mehnat bayrog‘i” unvoni bilan ham taqdirlangan. 

Pyotr Fokich Borovskiy 1932 yil 15 dekabrda Toshkentda vafot etdi. Uni Toshkentning kommunistlar qabristoniga(Eski Botkin qabristoni) dafn etishgan. Toshkentdagi Harbiy gospital, XX asr o‘rtalaridagi tibbiyot o‘quv yurti asosida yaratilgan Toshkent tibbiyot kolleji hamda shu kollej joylashgan ko‘cha uning ismi bilan ataladi.

Faoliyati

Borovskiy tomonidan o‘rta osiyo va kavkaz orti mamlaklarida keng tarqalgan “Pendik yarasi”(“Pedinka”, teri leyshmaniyozi) deb nomlanadigan kassalllik tadqiqot qilingan. U birinchi bo‘lib kasallikning kelib chiqish sabablari haqida yozgan va bu kassallikni (Protozoa) oddiy turi tarkibiga kiritgan, oldinlar esa bu kasallik zamburug‘ va bakteriyalar tarkibida bo‘lgan deb hisoblashgan. 1898 yili u o‘zining bu izlanishlarini “Harbiy-tibbiyot jurnali”(“Voyenno-meditsinskom jurnale”) 11 sonida chop qilgan, lekin 1932 yilga kelib bu kashfiyot butun jahon tomonidan tan olingan. Uning bu kashfiyoti hozirda ham epidemilogiya olami savollariga javob, va bu kassallikning davosi va profilaktikasida muhim rol o‘ynaydi.

Barovskiyning asosli taklifiga ko‘ra, sartov yaralari teri ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emlash natijasida yuqmasligi, balki, qon orqali nafas olish tizimi yoki oshqozonga yuqishi olg‘a surilgan.  K.Shulgin hamkasbi Barovskiyning izlanishlarini birinchilardan tasdiqladi va 1902 yildagi nashr qilingan maqolasi orqali kasallikning yuqish manbai qon suruvchi hasharotlar orqalili amalga oshishini ta’kidlagan. Shuningdek, Barovskiy qovuqqa chok solish(tikish)ning yangi usuli metodikasini taklif qilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit