Boyxonova Zulayho Mamajanovna


1338

Tug‘ilgan sana: 1963 Aprel 28
Tug‘ilgan joyi: Namangan
Yo‘nalishlar: Qo`shiqchilar

Zulayho Mamajanovna Boyxonova (1963 yil 28 aprel Namanganda tug‘ilgan)—o‘zbek qo‘shiqchisi, o‘zbek qo‘shiqlar ijrochisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti.

Tarjimai hol

Zulayxo Boyxonova 1963 yil 28 aprel O‘zbekistonning Namangan viloyatida tavallud topgan.

1980 yil maktabni tugatib, 1981 yil Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San'at institutining musiqali drama fakultetiga o‘qishga kirdi.

1986 yil oliygohni bitirib, “Muqimiy” nomidagi o‘zbek davlat musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatrda u juda ko‘p spektakllarda bosh rollarni ijro etdi.

Teatr san'atidagi hizmatlari va takrorlanmas ijodi uchun 1996 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi va 2003 yil esa O‘zbekiston Xalq artisti unvoniga ega bo‘ldi.

2005 yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan “Sahnamiz farishtasi” nomi bilan taqdirlandi.

Xonanda hozirgi kunda ustozi O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida “Ofarin” ansamblining xonandasi bo‘lib ishlaydi.

Shaxsiy hayoti

Turmushga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i — Shuhrat, qizi — Madina va o‘g‘li — Firdavs.

Qiziqishi — tasviriy san'at asarlari.

Tabiat qo‘ynida bo‘lishni xush ko‘radi.

Sevimli sport turi — suzish.

Milliy taomlarni xush ko‘radi. Uning shiori —yaxshilik qilib yasha!

Filmografiya—Shaytanat(serial)

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit