Bulatov Metxat Sagadatdinovich


1813

Tug‘ilgan sana: 1907 Aprel 18
Vafot etgan sana: 2004 yil
Tug‘ilgan joyi: Rossiya
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Me’morchilik va shaharsozlik doir ilmiy asar va maqolalarning muallifi, Taniqli me’mor M. Bo’latov «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan quruvchi» unvoni va bir necha orden va medallar bilan mukofotlar sohibi.Xalqaro arxitektura Akademiyasining akademigi va faxriy a’zosi. O’zbekiston va Xalqaro miqyosda bo’lib o’tgan simpozium, kongress va seminarlarning ishtirokchisi.

Tarjimai hol

Metxat Bulatov 1907 yilda Tyumen viloyatida tug’ilgan. 1934 yilda Sankt-Peterburgdagi kommunal-qurilish muhandislar institutini tugatgach, Moskva shahar loyiha institutida me’mor, Toshkent shahrining bosh me’mori, sobiq Ittifoq qurilish Akademiyasining qurilish bo’yicha ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim, Toshkent San’atshunoslik institutida katta ilmiy xodim, me’morchilik bo’limining mudiri sifatida uzoq yillar faoliyat ko’rsatdi.

1966 yilda — fan nomzodi, 1974 yilda — fan doktori ilmiy darajalariga erishdi. Ijodiy, amaliy va ilmiy ishlarni baqamti olib borish M. Bo’latov faoliyatiga xos xususiyatdir.

U amaliyotchi sifatida 1950—1955 yillarda Toshkentda qad ko’targan qurilish inshootlarining texnik-iqtisodiy asosini, bosh rejasini, Samarqand, Qo’qon, Farg’ona, Kogon shaharlarining bosh rejasini tuzdi. «Toshkent» mehmonxonasi, «Paxtakor» o’yingohini, Beshyog’och maydonidagi turar joy binolarining bosh rejasini tuzish bilan birga, shu binolarning qurilishiga bevosita rahbarlik qildi.

Me’morchilik va shaharsozlik muammolariga doir 100 dan ortiq ilmiy asar va maqolalarning muallifi bo’lgan M. Bo’latov O’zbekiston va Xalqaro miqyosda bo’lib o’tgan simpozium, kongress va seminarlarning ishtirokchisi hamdir. Uning risola va ilmiy asarlari bugungi kunlarda ham jahon olimlarini qiziqtirib kelyapti.

Taniqli me’mor «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan quruvchi» unvoni va bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan. Shuningdek, Xalqaro arxitektura Akademiyasining akademigi, Sharq mamlakatlari Xalqaro arxitektura Akademiyasining faxriy a’zosidir.

M.S. Bulatov – IX–XV asrlarda O‘rta Osiyo me'morchiligida geometrik mutanosiblik” kitobi muallifi, Xalqaro me'morchilik ittifoqi forumida oltin medal bilan taqdirlangan.

Akademik M.S.Bulatov 1997-2000 yillarda Qozondagi Qul Sharif masjidini loyihasini konsultanti, Tatariston Respublikasi me'morchilik ittifoqini Faxriy a'zosi, shu bilan bir qatorda “Qozon himoyachisi haykali” loyihasi ustida, “Tatariston terrorchilik akti qurbonlari reabilitatsiya markazi" (2002 yil) va boshqa bir qancha loyiha takliflarini bergan. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit