Burhonov Shukur


1337

Tug‘ilgan sana: 1910 Sentyabr 15
Vafot etgan sana: 1987 Avgust 15
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Shukur Burhonov - o‘zbek sovet teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti (1959). Ulug‘bek obrazi uchun Xamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1964).

1910 yil 15 sentyabrda Tashkentda tug‘ilgan. Shukur Burhonov qishloq xo‘jaligi texnikumida o‘qigan davridan boshlab drammatik to‘garakda ishtirok eta boshlagan.

30-yillar ko‘proq o‘z zamondoshlari rollarini ijro etdi: Hamza asarlaridagi G‘ofir («Boy ila xizmatchi»), Odilbek («Xolisxon») obrazlarida aktyorning yangi qirralari ochildi.

Urush yillari Oleko Dundich («Oleko Dundich»), Battol («Muqanna»), Jaloliddin («Jaloliddin Manguberdi»), urushdan keyin general Sobir Rahimov («General Rahimov»), Maksimov («Dengizchilar uchun») kabi rollarni o‘ynadi. Keyinchalik romantik aktyor, fojiaviy rollarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozonib, chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lgan obrazlar yaratdi: Hamlet, Romeo, Brut («Hamlet», «Romeo va Julyetta», «Yuliy Sezar»), Voynitskiy («Vanya tog‘a»), Mirzo Ulug‘bek («Mirzo Ulug‘bek»), shoh Edip («Shoh Edip»), Sulaymon ota («Qiyomat qarz») va b. g‘oyaviy, psixologik va plastik jihatdan to‘laqonli, romantik hissiyoti, ko‘tarinkiligi bilan ajralib turadigan monumental fojiaviy rollardir.

Ayniqsa Shoh Edip roli bilan Burhonov sahnada katta iz qoldirdi. Undagi tashvish, dard, iztirob, tug‘yon sahnamasahna kuchayib boradi. Aktyor bunday kuchli dramatizmga, fojiaviylikka ichki kechinmalar, bosiq harakatlar, xilmaxil ma'nolarni anglatuvchi boqishlar va kuzatishlar, o‘ziga xos dardli va musiqaviy nutqtufayli erishdi. Edip rolidaaktyorlik san'atidagi intellektuallik, emotsionallik, romantik jo‘shqinlikni bir-biriga payvand qilib, ilohiy va azaliy qismatlarni faol inkor etuvchi, jamiyat faravonligi va insoniy fazilatlar uchun kurashuvchi buyuk inson obrazini yaratdi.

Hamlet obrazida esa qaynoq qalbli, jo‘shqin, qudratli inson sifatidagi fazilatlarni mohirona talqin etdi. Burhonov ijodi ijtimoiy, falsafiy va g‘oyaviy mazmunga to‘la, ufqi keng, ko‘p qirrali. U romantik, fojiaviy dramatik, lirik xarakterdagi va hatto satirik rollarning mohir ijrochisi.

Aktyor qanday rol o‘ynamasin inson takdiri va uning ijtimoiy muhit bilan munosabatini haqqoniy tasvirlashga erishdi.

Burhonov uzbek kino san'ati taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shdi. U yaratgan Qorabotir («Tohir va Zuhra»), G‘ofir («Boy ila xizmatchi»), Shoh Kalin («Ilya Muromets»), Qalandarov («Sinchalak»), Mirzo Ulug‘bek(«Ulug‘bek yulduzi»), Matniyoz («Uzoqyaqin yillar»), Husan ota («Bardosh») kabi rollari rangbarangligi, ijro mahorati, obraz talqinining mukammalligi bilan jahon kino san'atida yuqori baholangan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureata(1965).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit