Chagayev Ruslan Shamilovich


2309

Tug‘ilgan sana: 1978 Oktyabr 19
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1978 yilning 19 oktyabrida Andijon shaxrida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha ikki karra Osiyo va jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi", "Uzbekiston iftixori" faxriy unvonlari, "Uzbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan takdirlangan.

Ruslanning bokschi sifatida kamol topishida Andijondagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurti murabbiylari - Aleksandr Razmaxov va Mars Qo‘chqorovning xizmati katta bo‘ldi. Ular Ruslanni jahon chempionatining shohsupasigacha olib chiqishdi.

1995 yili poytaxtimizda o‘tkazilgan I Markaziy Osiyo o‘yinlarida Ruslan 91 kilogramm vazn toifasida ajoyib g‘alabaga erishib, mutaxassisu muxlislar e'tiborini o‘ziga jalb etdi. Ko‘p o‘tmay Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida u zafar quchdi. 1996 yili Gavanada yoshlar o‘rtasida bo‘lgan jahon birinchiligida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1997 yili Budapesht shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida Ruslan Chagayev katta shuhrat qozondi. U barcha "jang"larni ko‘tarinki ruxda tkazib, finalda ikki karra Olimpiya chempioni, olti marta jahon chempioni kubalik Feliks Savonni mag‘lubiyatga uchratdi.

1998 yili Bangkokdagi XIII Osiyo o‘yinlarida Ruslan Chagayev yana muvaffaqiyat qozondi. Uchta "jang"da biri biridan chiroyli g‘alabaga erishdi. Ko‘p o‘tmay Bolgariyadagi nufuzli musobakada Feliks Savonni yana mag‘lubiyatga uchratib, chempionatdagi g‘alabasi tasodifiy emasligini tasdikladi.

Ruslan 1999 yili Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, olimpiadada qatnashish xukuqini qo‘lga kiritdi. Lekin tayyorgarlik uchrashuvlarida olgan og‘ir jarohati Sidney olimpiadasida o‘z salohiyatini to‘la namoyish etish imkonini bermadi. 2001 yil Belfastda o‘tgan jahon chempionatida Ruslan Chagayev o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit