Chusovitina Oksana


1695

Tug‘ilgan sana: 1975 Iyun 19
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1975 yilning 19 iyunida Buxoroda tug‘ilgan. Sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindori. «Do‘stlik» ordeni, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan takdirlangan.

Oksana Chusovitina 7 yoshidan boshlab gimnastika bilan shug‘ullangan. Noyob iktidori, tirishqoqligi bilan mutaxassislar nazariga tushgan va 1986 yili Toshkentdagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtiga taklif etilgan. Bu maskanda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Svetlana Kuznetsovadan gimnastika sirlarini kunt bilan o‘rgangan.

Mamlakat chempionatlarida ketma-ket muvaffaqiyat qozongach, 1990 yili u terma jamoa safiga chaqirildi. O‘tgan o‘n yil davomida dunyoning eng sera gimnastikachilari ishtirokidagi barcha nufuzli musobaqalarda ishtirok etdi va ularning ko‘pchiligidan sovrinlar bilan kaytdi.

1992 yili Barselona Olimpiadasida jamoa tarkibida oltin, 1994 yili Osiyo o‘yinlarida 2 ta bronza, 1995 yili jahon kubogida bitta oltin va 2 ta bronza, 1997 yili "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasida 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Sport gimnastikasida uzok, yil musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish sportchidan katta iroda va jasorat talab qiladi. Oksana ana shunday matonatli sportchilarimizdandir.

Oksana Chusovitina Olimpiya o‘yinlarida uch bor (Barselona, Atlanta, Sidney) qatnashgan O‘zbekistonlik yagona sportchidir.

O‘zbekiston sportini rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun Oksana Chusovitina Vatanimizning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Oksana Chusovitina 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan

Gimnastika sporti(Ayol)
СССР uchun
Jahon chempionati
Oltin Indianapolis 1991 komanda birinchiligi
Oltin Indianapolis 1991 mustaқil mashқlar
Kumush Indianapolis 1991 Turib sakrash
Birlashgan jamoa-olimpiya o’yinlari
Oltin Barselona 1992 komanda birinchiligi
Jahon chempionati
Bronza Parij1992 Turib sakrash
Germaniya uchun
Olimpiya o’yinlari
Kumush Pekin 2008 Turib sakrash
Jahon chempionati
Bronza Orhus 2006 Turib sakrash
Kumush Tokio 2011 Turib sakrash
Yevropa chempionati
Kumush Amsterdam 2007 Turib sakrash
Оltin Clermon-Ferran 2008 Turib sakrash
Kumush Berlin 2011 Turib sakrash
Kumush Briussel 2012 Turib sakrash
O’zbekiston uchun Jahon chempionati
Bronza Birmingen 1993 Turib sakrash
Kumush Gent 2001 Turib sakrash
Bronza Debreken 2002 Turib sakrash
Oltin Anahaym 2003 Turib sakrash
Kumush Melburn 2005 Turib sakrash
Osiyo o’yinlari
Bronza Hirosima 1994 Turli balandlikdagi ҳarkatlar
Bronza Hirosima 1994 Turib sakrash
Oltin Pusan 2002 Turib sakrash
Kumush Pusan 2002 Mutloq birinchilik
Kumush Pusan 2002 Yog’ochda
Oltin Pusan 2002 Mustaqil mashqlar
Kumush Inchhon 2014 Turib sakrash
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit