Dadabayev Hamidulla Aripovich


632

Tug‘ilgan sana: 1947 Sentyabr 5
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Filolog

Familiya, ismi-sharifi: Dadabayev Hamidulla Aripovich

Tug‘ilgan sana: 5 sentyabr 1947 y.

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri

Yo‘nalishi: filolog (nemis tili o‘qituvchisi)

Tarjimai hol

Dadabayev Hamidulla Aripovich 1947yil 5 sentyabr Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oxirgi besh yil davomida bakalavriat yo‘nalishi hamda magistratura ixtisosligi bo‘yicha barcha asosiy fanlardan ma’ruza o‘qib kelmoqda. Har yili ochiq dars va ochiq lektsiyalar o‘tkazib keladi. DTS, namunaviy va ishchi dasturlarni zamonaviy talablarga binoan shakllantirishda faollik ko‘rsatmoqda.

So‘nggi besh yilda olim tomonidan Respublika va Xorijda 60 ga yaqin ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Uning ilmiy rahbarligida 3 fan doktori, 8 fan nomzodi, 15 dan ortiq magistr tayyorlandi. Ayni chog‘da olimning ilmiy maslahatchiligida bajarilgan 2 fan doktori dissertatsiyasi himoyaga tavsiya etilgan, 4 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchining tadqiqot mavzusiga ilmiy maslahatchilik qilmoqda.

H.Dadabayev turkolog olim sifatida chet elda yaxshi tanish. U bir necha xalqaro simpozium, kongress va konferentsiyalarda ma’ruza bilan qatnashgan (Ankara: 1996, 1997, 2012, Stambul: 1999, 2013, Izmir: 2000, Taraz: 1995, Turkiston: 2002, 2004, 2006, Almati: 2007, Shimkent: 2013, 2015).

H.Dadabayev mudirlik qilayotgan kafedrada ijrochilik intizomi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Barcha hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, yuqori tashkilotlarning topshiriqlarini o‘z muddatida sifatli bajarishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu jihat H.Dadabayev mudirlik qilayotgan kafedraning 2011 va 2016 yillarda O‘zMUda o‘tkazilgan namunali kafedra tanlovida g‘olib hamda faxrli uchinchi o‘rinni egallashida namoyon bo‘ldi.

H.Dadabayev nafaqat tarixiy leksikologiya, terminologiya, leksikografiya, til nazariyasi, shuningdek harbiy san’at tarixiga doir izlanishlari orqali ilm ahliga yaxshi tanish. Uning Amir Temurning harbiy mahoratga oid risolasi va lug‘atlari O‘zbekiston Harbiy akademiyasi, harbiy bilim yurtlarida qo‘llanma vazifasini o‘tamoqda.

Olim o‘nga yaqin jamoat ishlarini sidqidillik bilan ado etib kelmoqda. Bor iste’dodi, qobiliyatini yetuk lingvistlar, matnshunoslar, adabiyotshunoslar tayyorlashga yo‘naltirgan, mehnatsevarligi, haqiqatparvarligi, ob'yektivligi va oddiyligi bilan universitet jamoasi hurmatini qozongan. Bir necha tillarni egallagan. Ba’zan olimning jahldorligi ko‘zga chalinadi.

2016 yil sentyabrdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori.

Manba: A.Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyot universitetining ilmiy bo‘limi

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit