Dauletov Abatbay Dauletovich


655

Tug‘ilgan sana: 1942 Sentyabr 20
Vafot etgan sana: 2015 Aprel 7
Tug‘ilgan joyi: Qoraqalpog‘iston
Yo‘nalishlar: Filolog

Abatbay Dauletovich Dauletov 1942 yil 20 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug‘ilgan. U 2015 yili vafot etgan. Fanlar akademiyasi akademigi (1995 y.), filolog.

Tarjimai holi

Abatbay Dauletov 1964 yili Qoraqalpog‘iston davlat pedagogika institutini tugatib shu yerda ish faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik Leningrad davlat universitetini 1972 yil bitirib, shu yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Abatbay Dauletov “Qoraqalpoq adabiy tilining zamonaviy tovushlari qatori” nomli doktorlik dissertatsiyasini 1992 yilda yoqlagan.

Olim 50 yildan ortiq vaqt davomida Qoraqalpoq davlat universitetida dastlab dotsent, professor, kafedra mudiri va fakultet dekani vazifalarida ishladi. U Qoraqalpoq adabiy tilining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar qildi, yuqori malakali shogirdlar yetishtirdi. Uning qo‘l ostida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorli himoyaga chiqishgan.

U Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan arbob unvoni bilan ham taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit