Denisov Vitaliy Gennadevich


2349

Tug‘ilgan sana: 1987 Fevral 23
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Vitaliy Gennadevich Denisov — o‘zbekistonlik futbolchi, Moskvaning “Lokomotiv” va O‘zbekiston milliy tema jamoasi o‘yinchisi. Uning otasi Gennadiy Denisov — Toshkentning «Paxtakor» jamoasi sobiq o‘yinchisi.

Vitaliy Denisov — «Paxtakor» futbol klubi bitiruvchisi. Lekin Denisov allaqachon Moskva “Akademiyasi”da futbol bo‘yicha ta’lim olgan, shundan keyin u MXSKga taklif qilindi. Tez orada uning beshinchi metatarsal suyagining sinishi oqibatida jiddiy jarohat oldi, keyin olti oy davomida o‘yinga tushmadi. So‘ngra tuzalib, Rossiya Kubogida zahira jamoasi tarkibida ikki o‘yinni o‘tkazdi, chunki yuqori darajadagi raqobatga hali tayyor emas edi.

2006 yilda MXSK Denisovni birinchi ligadagi Nijniy Novgorodning «Spartak» futbol jamoasiga ijaraga berdi. Bu juftliklar o‘rtasidagi bo‘lininsh darajasi juda yuqori edi.Jamoa muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatdi, lekin Denisov yetarli o‘yin amaliyotini qabul qildi. U «Spartak» jamoasida yarim himoyada chap qanotdan mavsumni boshladi va shu qanotda tugadi.

2007 yilda Dnepropetrovskning “Dnepr” futbol klubi futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolab, MXSK dan uning barcha huquqlarni sotib oldi. Denisov 2007 yil 3 martda Ukrainaning Oliy liga chempionatida «Dnepr» — «Ilicheves» o‘yinida birinchi marta ishtirok etdi (1:1).

2013 yil 5 avgustda “Krasnodar” ga qarshi o‘yinda birinchi golini urgan (3:1). 2013 yil 26 avgustda «Lokomotiv», «Rostov» ustidan g‘alaba qozondi (5:0). Bu o‘yinda Vitaliy 3 ta golli uzatmalarga asistentlik qildi. Denisov mavsum davomida premer-ligadagi boshqa himoyachilardan ko‘proq 6 ta gol urdi.

Vitaliy Denisov 2006 yildan boshlab O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi. Osiyo Kubogi turniri finalida ikki marta 2007 va 2015 yillarda ishtirok etdi, har qaysi turnirda 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 2013 yilda “Yilning eng yaxshi futbolchisi” maqomini oldi.

U 2015 yil 3 sentyabryada terma jamoa tarkibida 58 marta o‘yinga tushdi va bitta gol kiritdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit