Do‘smatov Hasanboy Ma'rifjon o'g'li


5983

Tug‘ilgan sana: 1993 Noyabr 21
Tug‘ilgan joyi: O'zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Hasanboy Do‘smatov 21 noyabr 1993 yil O‘zbekistonda tug‘ilgan.

Hasanboy Do‘smatov — o‘ta texnik va yuqori tezlikdagi bokschi, kuchli nokaut holatiga keltiruvchi (engil vazn toifasida kam uchraydigan), Butunjahon Universiadasi-2013 oltin medal sohibi, O‘zbekiston chempioni (2011, 2012, 2013, 2014).

Bizning bokschimiz WSB (Butunjahon boks qismi) turniri “Ukraina atamanlari” tarkibida ishtirok etib, Rio-2016 Olimpiada yo‘llanmasiga peshqadamliq qildi.

Qozon XXVII Butunjahon yozgi Universiada boksyorlik musobaqasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov koreyslik Kim In Kyu ustidan 3-0 hisobida (49 kg vazn toifasigacha ) g‘alaba qozonib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Temirtas Jusupov 1/8 final bosqichida ishtirok etuvchi 49 kg vazn toifasidagi eng kuchli bokschi hisoblanadi. O‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov bir necha karra O‘zbekiston chempioni, shuningdek, Butunjahon Universiada-2013 g‘olibi sanaladi. AIBA reytingiga ko‘ra, Osiyo chempionatida u shu vazn toifasidagi birinchi raqamli edi va bu musobaqa bosqichiga avtomat tarzda o‘tkazildi.

Hasanboy Do‘smatov Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida yana bir bor g‘alaba sari intilishida o‘zining irodasini namoyon etdi va barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, finalda kolumbiyalik Yuberhen Martinez Rivasni yengdi va Olimpiya 2016 o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Erishilgan yutuqlari
Yil Musobaqalar nomlanishi Olgan o‘rni
2009 Qozog'iston chempioni F. Shonazarov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir (Uralsk, Qozog'iston) 1-o'rin
2011 O'zbekiston yoshlar chempionati 1-o'rin
2012 46-Xalqaro toifali Makar Mazai xotirasiga bag'ishlangan turnir (Mariupol, Ukraina) 1-o'rin
2012 Checheniston Respublikasi Prezidenti A.X.Qodirovga bag'ishlangan IV xalqaro turnir (Rossiya) 1-o'rin
2012 O'zbekiston chempionati 1-o'rin
2013 O'zbekiston milliy kubogi 1-o'rin
2013 Universiada o'yinlari (Qozon, Rossiya) 1-o'rin
2013 O'zbekiston chempionati 1-o'rin
2013 To'rt mamlakat (Astana, Qozog'iston) 1-o'rin
2013 Nikolay Manger xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir (Xerson, Ukraina) 1-o'rin
2014 Checheniston Respublikasi Prezidenti A.X.Qodirov xotirasiga bag'ishlangan VI xalqaro turnir (Rossiya) 1-o'rin
2014 Sidney Jekson xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir (Toshkent, O'zbekiston) 1-o'rin
2015 Chemistry Cup (Halle, Germaniya) 1-o'rin
2015 Osiyo boks chempionati (Bangkok, Tailand) 1-o'rin
2016 Yozgi Olimpiya o'yinlari (Rio-de-Janeyro, Braziliya) 1-o'rin
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit