Domoryad Aleksandr Petrovich


2362

Tug‘ilgan sana: 1907 Iyul 13
Vafot etgan sana: 1975 Iyul 23
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Matematiklar

Aleksandr Petrovich Domoryad 1907 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1930 yil O‘rta Osiyo davlat universitetini muvaffaqiyatli bitirib chiqqan. Talabalik chog‘larida Toshkent oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilik faoliyatini boshlab yuborgan, 1931 yil tinim bilmay Toshkent universitetida ishlagan. 45 yil pedagogik faoliyati davomida fizika-matematika sohasida (keyinchalik mexanika-matematika) fakultetida Aleksandr Petrovich talabalarni o‘qitish va kurs tashkil etish bo‘yicha katta mehnat sarfladi. Aleksandr Petrovich oliy matematika bo‘yicha umumiy va maxsus kurslar, guruh nazariyasi, matematik tahlili, nazariya soni, geometrik qurilish nazariyasi, turli sonlarni hisoblash, ehtimollik nazariyasi, maxsus kurslar, chizmachilik geometriyasi, nomografiya, elementar geometriya va boshqalar.

U Toshkent davlat universitetining (bugungi O‘zbekiston Milliy Universiteti) mexanika-matematika fakultetining hisoblash-matematika mutaxassisligini asos solgan qatorida sanaladi. Mazkur fakultetda ko‘plab hisoblash-matematiklar yetishib chiqqan. Bu kafedra yaratilishiga o‘nlab talabalar hisoblash-matematika mavzularida diplom ishlarini A.Petrovich qo‘l ostida himoya qilishgan.

1959 yildan-1967 yilgacha amaliy matematika kafedrasi mudiri sifatida 100 ga yaqin hisoblash fani bo‘yicha ilmiy ishlar yaratdi.

U o‘zining pedagogik faoliyati davomida Toshkent davlat universitetidan minglab bitiruvchi-talabalarni yetkazib berdi. Ulardan bir qancha shogirdlar fan doktorlari va nomzodlari chiqdi.

Aleksandr Petrovichning qator ilmiy ishlari matematika sohasidagi pedagoglarga qartilgan. Misol uchun 1951 yildagi «Entsiklopediya elementarnoy matematiki» (“Elementar matematika entsiklopediyasi”) ikkinchi nashri uchun u «Chislennie i graficheskiye metodi resheniya uravneniy» (“Tenglamalarni sonli va grafik usulda yechish metodi”) nomli bobini yozgan. «Entsiklopediya elementarnoy matematiki»(“Elementar matematika entsiklopediyasi”) 1952 yilida nemis tiliga tarjima qilingan. Shuningdek, u Katta Kengash Entsiklopediyasida «Matematicheskiye igri»(“Matematik o‘yinlar”) nomli va Bolalar Entsiklopediyasida «Schetnie prisposobleniya» (“Hisoblash usullari”) nomli maqolalar chop etgan.

Aleksandr Petrovich doim qiziqarli matematika haqida kitob yaratish ishtiyoqi bo‘lgan. U nihoyat “Matematika va ko‘ngilochar o‘yinlar” nomli qiziqarli kitob yaratdi (1961). Ushbu kitobdan sinfdan tashqari matematika bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanishdi. Bu kitobning muvaffaqiyatli jihati shundaki, u ingliz, nemis, frantsuz, litva tillariga tarjima qilingan. Bugungi kunda bu kitob nodir sanaladi.

A.Petrovich V.I.Romanovskiy asos solgan Toshkent fizika-matematika jamiyatining faol a’zolaridan hisoblangan va u 1940-1955 yillarda ushbu jamiyatning kotibi hamda u yerda ilmiy-metodik ishlarni boshqarib borgan.

To‘garak qatnashchilari soni doimiy o‘sib, yuz nafardan oshib ketgan. Buning natijasida to‘garakka qatnashuvchilar orasida 7-, 8-, 9-, va 10-sinf o‘quvchilari ikki tilda o‘zbek va rus tillaridagi to‘garak guruhlariga bo‘linib saboqlar ola boshlagan. To‘garak qatnashuvchilarining ko‘pchiligi kelajakda o‘z oldiga matematika fani yo‘nalishida ketishini maqsad qilishgan.

Aleksandr Petrovich Toshkent shahrida matematika fanidan o‘tkaziladigan olimpiadaning tashabbuschisi va tashkilotchisi hisoblanadi. U 24 marta tashkiliy qo‘mita a’zosi, Birinchi va ikkinchi respublika olimpiadasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. Uning sa’y-harakatlari natijasi o‘laroq Respublikada matematikadan olimpiadalar o‘tkazish haqiqiy an’anaga aylandi.

Shuni ta’kidlash lozimki, maktab fizika-matematika jamiyatining barcha ishlari, matematika to‘garaklari va ushbu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan olimpiadalar beg‘araz maqsadlarni amalga oshirilgan edi.

Matematika sohasidagi buyuk xizmatlari, mashaqqatli pedagogik faoliyati uchun u «Za doblestniy trud v VOV» (“Ikkinchi jahon urushida jasur mehnatlari uchun”) ordeni va «Otlichnik narodnogo prosvesheniya UzSSR» (“UzSSR xalq ta’limi a’lochisi”) ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Aleksandr Petrovich tarbiyali, shirin so‘zligi bilan bir qatorda talabchan va qat’iyatli bo‘lgan. O‘z shogirdlariga evaziga hech narsa talab qilmay bilimlar bergan. U barcha bilan yoshidan qat’iy nazar qiziqarli suhbatlar qurgan. Aleksandr Petrovich ko‘p qirrali qobiliyatli inson bo'lgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit