Doxturishvili Aleksandr


422

Tug‘ilgan sana: 1980 Yanvar 22
Tug‘ilgan joyi: Gruziya
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Aleksandr Doxturishvili 1980 yil 22 may kuni Gruziyaning Tbilisida tug‘ilgan — yunon-rum kurashi bo‘yicha gruziyalik va o‘zbekistonlik kurashchi, Olimpiya o‘yinlari chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo chempioni. Kurash bo‘yicha Birinchi olimpiya chempioni — O‘zbekiston vakili.

Tarjimai hol

1997 yil Yevropa chempionatida o‘smirlar orasida sakkizinchi, jahon chempionatida esa o‘n beshinchi bo‘lgan. 1998 yil Yevropada o‘smirlar orasida 11-bo‘lgan, dunyo chempionatida sakkizinchi bo‘lgan. 1999 yil dunyo chempionatida hamda Yevropa chempionatida o‘smirlar orasidagi bronza medali sovrindori bo‘lgan. 2000 yil Yevropa chempionatida o‘smirlar orasida chempion bo‘lgan, jahon chempionatida esa yettinchi bo‘lgan. 2001 yil katta yoshlilar o‘rtasidagi xalqaro musobaqalarda qatnashib, darrov Yevropa chempion unvoniga ega bo‘lgan, Jahon chempionatida esa o‘n sakkizinchi bo‘lgan.

2001 yil O‘zbekiston fuqaroligiga o‘tib, O‘zbekiston uchun o‘ynashni boshlagan, shuningdek, yarim o‘rta vazndan o‘rta vaznga o‘tadi. 2003 yil Osiyo Kubogini qo‘lga kiritadi. 2004 yil Olimpiya saralash musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi, Osiyo chempioni bo‘lgan va Germaniyadagi Gran-prida to‘qqizinchi bo‘lgan.

2004 yil Afinada bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 74 kg.gacha (o‘rtacha vazn) toifada kurashgan. 20 kishidan iborat turnir ishtirokchilari olti guruhga bo‘lingan va har birida aylana tizimida kurash olib borilgan. Guruhdagi g‘oliblar chorakfinalga chiqqanlar va kurashda yutqazib chiqib ketganlar bilan kurashganlar. Yutqazganlar esa kurashda yig‘ilgan texnik ballarga muvofiq o‘rinlarga loyiq topilganlar. Aleksandr Dokturishvili guruhda g‘olib bo‘lib (u ishtirok etgan guruhda uch emas, to‘rt nafar ishtirokchi bo‘lishiga qaramay), chorakfinalni bosib o‘tib, yarimfinalga yo‘llanma olgan. Yarimfinalda Aleksandr Dokturishvili juda kuchli o‘yinchini — amaldagi olimpiya chempioni Varteresa Samurgashevani yengishga muyassar bo‘lgan va keyin finalda g‘olib bo‘lgan, Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan.

2005 yil Jahon chempionatida yettinchi bo‘lib qolgan, keyingi yil esa o‘n birinchi bo‘lgan. Shu bilan birga 2006 yil Osiyo o‘yinlarida ham ishtirok etgan. 2008 yil Jahon chempionatida to‘qqizinchi bo‘lgan va faoliyatini tugatgan.

2010 yildan e’tiboran O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysidir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit