E​duard Arbenov


526

Tug‘ilgan sana: 1913 Yanvar 2
Vafot etgan sana: 2002 Fevral 1
Tug‘ilgan joyi: Xarkov
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

Eduard Arbenov (2 yanvar 1913 yil — 1 fevral 2002 yil) — rus sovet yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, Sovet ittifoqi yozuvchilar uyushmasi a'zosi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Asl ismi - Alfred Rudolfovich Bender.

Tarjimai hol

Bender Alfred Rudolfovich, millati nemis, 1913 yil 2 yanvar kuni Xarkovda xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1918 yili otasi oilasi bilan Turkiston, Toshkentga ko‘chirilgan, TurkSib bosh hisobchisi sifatida.

1935 yili Alfred Bender Toshkent davlat universitetining tarix fakultetining “Tarixchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. O‘qish davrida “O‘zbekiston komsomoli” gazetasi shtatdan tashqari xodimi sifatida ishladi.

1938 yili “Sharq pioneri” gazetasi tahririyatiga adabiyot va san'at bo‘limi mudiri lavozimiga olindi. 1941 yili “O‘zbekiston komsomoli” gazetasi tahririyatiga Samarqand viloyati bo‘yicha maxsus korrespondent lavozimiga o‘tkazildi.

1941 yili millati tufayli repressiya etilgan, 1947 yili oqlangan.

1947 yildan 1957 yilgacha Bryansev va Dudinsev yozuvchilarining sekretar-referenti bo‘lib ishladi. 1958 yili Toshkentga qaytdi va “O‘zbekiston komsomoli” gazetasi korrespondenti ishini davom etdi. 1961 yildan “Yosh gvardiya” Toshkent nashriyoti katta muharriri, 1965 yildan nashriyot bosh muharriri o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 1969 yildan to nafaqaga chiqqunga qadar “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari edi.

1958 yili S.A.Belikova-Yelanskayaga uylandi- jurnalist, teatrshunos. 1960 yili qizi Mayya tug‘ildi.

2002 yili 1 fevral kuni insult tufayli vafot etdi.

Adabiy faoliyati

1965 yili Sovet ittifoqi yozuvchilar uyushmasiga a'zolikka qabul qilindi. Eduard Arbenov tahallusi ostida quyidagi asarlari mavjud:

  • “Jdanko biz bilan qoladi”;
  • “Agar Borisni uchratsangiz”;
  • “Begona ostona”;
  • va romanslar:
  • “Feniks”;
  • “Berlin aylanasi”;
  • “Tokio vaqti bilan 6.30 da”.

1965 yili, o‘zining romani “Feniks” asosida suratga olingan “26 chiga o‘q uzilmasin” filmi ssenariysi muallifi. Butun ijodiy hayoti davomida o‘zbek yozuvchilarining asarlarini adabiy tarjimasi bilan faol shug‘ullandi. Uning tarjimalari mualliflari tarkibida: Sharof Rashidov, Nazir Safarov, qoraqalpoq yozuvchisi Saidbergenov va yana O‘zbekiston nasrchilarining ko‘pchiligini misol qilish mumkin.

Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi tarkibidagi yosh shoir va nasrchilar ishlarini muvofiqlashtirib turdi. Uning o‘quvchilari orasida-mashhur shoir A.S.Faynberg va boshqa mashhur adiblar uchraydi.

Mukofotlar

Adabiy faoliyati davomida O‘zbekiston Oliy Kengashi medallari va diplomlari bilan ko‘p marotaba mukofotlangan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoniga ega.

Oilasi

Mayya Alfredovna Bender, A.R.Benderning qizi, shifokor-otolaringolog, hozirgi vaqtda Toshkentda yashaydi va ishlaydi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit