Erkin A’zam


1544

Tug‘ilgan sana: 1950 Avgust 10
Tug‘ilgan joyi: Surxondaryo
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

Adib Erkin A’zamning ilk hikoyasi o‘quvchilik yillarida yozilib, viloyat gazetasida bosilgan. Biroq talabchan ijodkor universitetni tugallagandan keyin ham ancha yillar davomida kitob chop ettirishga shoshilmadi. 1977 yilda bosilib chiqqan «Chiroqlar o‘chmagan kecha» hikoyalar to‘plami o‘quvchilarga o‘zbek adabiyotida yangi bir iste’dodli hikoyanavis dunyoga kelganligidan xabar berdi. Ushbu asarda yoshlik, talabalik yillari katta samimiyat, ilhom bilan yoritilgan bo‘lib, hikoya uslubi o‘z jozibasi bilan o‘quvchini sehrlab oldi.

Uning asarlarida zamondoshlarimiz hayotidan hikoya qilinib, axloq, e’tiqod, burch, oddiy insoniy munosabatlar o‘ziga xos uslubda badiiy aks ettirildi.Erkin A’zam 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan.

1967 yili tumandagi 1-o‘rta maktabni tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakul’tetiga o‘qishga kirib, uni 1972 yilda tugatgan.

Adib avval O‘zbekiston radiosida muharrir (1972-1976), undan so‘ng «Guliston» jurnalida bo‘lim mudiri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976-1981), qalamini charxladi. 1981-1986 yillarda «Yoshlik» jurnalida xizmat qildi.

1986-1992 yillar davomida ijodkor G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ko‘p jildli asarlar tahririyati mudiri, ma’lum muddat O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi Bosh direktorining birinchi muovini vazifalarida xizmat qildi. Hozirgi kunda u Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi rahbarining o‘rinbosari, «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri.

Adibning ilk hikoyasi o‘quvchilik yillarida yozilib, viloyat gazetasida bosilgan. Biroq talabchan ijodkor universitetni tugallagandan keyin ham ancha yillar davomida kitob chop ettirishga shoshilmadi. 1977 yilda Erkin A’zamning «Chiroqlar o‘chmagan kecha» hikoyalar to‘plami bosilib chiqdi. Bu mo‘jaz kitobcha o‘quvchilarga o‘zbek adabiyotida yangi bir iste’dodli hikoyanavis dunyoga kelganligidan xabar berdi. Ushbu asarda yoshlik, talabalik yillari katta samimiyat, ilhom bilan yoritilgan bo‘lib, hikoya uslubi o‘z jozibasi bilan o‘quvchini sehrlab oldi.

Erkin A’zamning hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulg‘or, chex tillariga tarjima qilingan. Adibning o‘zi ham o‘zga xalqlar adiblari asarlarini rus tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Adibning «Anoyining jaydari olmasi» hikoyasi, shuningdek «Dilxiroj» va «Erkak» stsenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. Erkin A’zam ayni ijodiy kamolot yoshida ilhom bilan ijod qilmoqda. Unga 1998 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoni berilgan.

1981 yilda chop etilgan «Otoyining tug‘ilgan yili» qissa va hikoyalar to‘plami kitobxon ishonchini mustahkamladi. Birinchi kichik qissasi bilan adib o‘zining lirik tasvir uslubidan tashqari hayotiy, serzavq, hajviy yo‘nalishdagi badiiy ifodaga moyilligini ham namoyish qildi.

Shundan so‘ng iste’dodli adibning «Bayramdan boshqa kunlar» (1980), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1987), «Pakananing oshiq qo‘ngli» (1991), «Shoirning to‘yi» (1993) kabi bir qator qissa va hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Bu asarlarda zamondoshlarimiz hayotidan hikoya qilinib, axloq, e’tiqod, burch, oddiy insoniy munosabatlar o‘ziga xos uslubda badiiy aks ettirildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit