Filanovich Margarita Ivanovna


1497

Tug‘ilgan sana: 1937 Iyun 16
Tug‘ilgan joyi: Sankt- Peterburg
Yo‘nalishlar: Tarixchilar, Arxeologlar

Margarita Ivanovna Filanovich (uzb.Margarita Ivanovna Filanovich,16 iyun 1937 yil, Leningrad) — Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston tarixchisi, arxeologi. Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari (avvalgi Toshkent arxeologiya bo‘limi).

Margarita Filanovichni ilmiy qiziqishlari O‘rta Osiyoda o‘rta asr va qadimgi tarixiy shaharlar topografiyasini qamrab olgan bo‘lib, tegishli davrning diniy madaniyatini o‘rganish bo‘lgan. U asosiy e’tiborni Shoshtepa ko‘hna shahri sifatida Toshkent shahar hududi va madaniyatiga qaratgan.

Fan va texnika sohasi bo‘yicha Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti sohibasi (1985).

2012 yil ma’lumotiga ko‘ra, u «Oʻzbekiston tarixi» — «Istoriya Uzbekistana» jurnalining bosh muharrir o‘rinbosari sanalgan.

Margarita Ivanovna Filanovich 16 iyun 1937 yil Leningrad shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Ulug‘ Vatan urushida halok bo‘lgan. Bu mahalda qizaloq Blokada davri bo‘lgani uchun shaharda edi, uning oilasi “hayot yo‘li” orqali evakuatsiya qilingandi. Blokadadan chiqqandan so‘ng Sibirda, Belorussiyada va nihoyat Toshkentga kelib qoladi va o‘rta maktabni bitiradi. Ta’lim olish davrida o‘lka tarixi bilan qiziqib qoladi.

M.I.Filanovich O‘rta Osiyo davlat universitetining tarix fakultetiga o‘qishga kiradi. Faqatgina shu yerda arxeologiya kafedrasi mavjud edi. O‘sha davrda kafedraning yosh tarixchilar ilmiy rahbari M.E.Masson boshqarardi. U ushbu dargohni a’lo baholar bilan tamomladi.

M.I.Filanovich ilmiy rahbari tavsiyasiga ko‘ra, Go‘rqal’a joylashishi bo‘yicha arexeologik tadqiqot ishlarini olib bordi va u o‘z navbatida bu qadimgi Marv xarobalarini o‘z ichiga oldi.

1970 yilgacha u Toshkentdagi Tarix va arxeologiya institutida ishladi. 1970 yil Arxeologiya instituti Samarqandda ham tashkil etiladi va shu yerga kelib 1973 yildan 15 yil mobaynida mazkur dargohda ilmiy kotib vazifasida ishlaydi.

1974 yil aspiranturaga o‘qishga kirib, topilma materiallari bo‘yicha "Ko‘hna Go‘rqal’a stratigrafiyasini o‘rganishda Qadimgi Marv” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi.

1967 yili kuchli zilzila bilan bog‘liq Toshkent zilzilasida va uni tiklash bo‘yicha shahar arxeologik monitoringi tashkil etiladi. M.I.Filanovich shu bo‘lim tarkibiga kiritiladi, uning rahbari V.A.Bulatova 1975 yil nafaqaga chiqqandan so‘ng (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra — 1974 yil) M.I.Filanovich boshqaradi. Tadqiqot ilmiy jamoasi Toshkent hududidagi barcha tarixiy obidalar bo‘yicha ish olib borishadi. 1979 yil doimiy Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi bilan ish olib borayotganlar otryadi yangidan ko‘rib chiqiladi. Olima shuningdek, ko‘hna O‘zbekistonning boshqa shaharlari (Honqa, Avrosiyob) ustida tadqiqot ishlari olib boradi.

Ayni kunda olima O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi arexeologiya institutida yetakchi ilmiy xodim va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi tarix institutida katta ilmiy xodim sifatida ishlaydi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit