G‘oibnazarov Fazliddin


5880

Tug‘ilgan sana: 1991 Iyun 16
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Fazliddin G‘oibnazarov (1991 yil 16 iyunda tug‘.)—o‘zbek bokschisi. U chapaqay bo‘lgan.

O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

2015 yil bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida kumush medali sovrindori bo‘ldi.

Fazliddin G‘oibnazarov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Boksning 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 oltin medali uchun ozarbayjonlik Kollazo Sotomayor bilan ringga chiqdi.

Kelib chiqishi kubalik bo‘lgan sportchiga qarshi jangning birinchi raundi qo‘llari uzun bo‘lgan ozarbayjonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi raundda hakamlar g‘olibni aniqlashda ikkiga bo‘linib qoldi. Hal qiluvchi raundda esa o‘zbekistonlik sportchi o‘z so‘zini aytdi va raqibini ochkolar farqi bo‘yicha mag‘lub etib, oltin medal egasiga aylandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit