G'aniyeva Luiza


1995

Tug‘ilgan sana: 1995 Noyabr 11
Tug‘ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Yaqindagina bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining badiiy gimnastika bo‘yicha ikkinchi litsenziyani olishi katta quvonch bo‘ldi: O‘zbekiston terma jamoasi faqat kumush medalni qo‘lga kiritibgina qolmay, balki Rio-de-Janeyroda bo‘layotgan Yozgi Olimpiada o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Oltita badiiy gimnastika qizlarimiz to‘rt yoshidan beri jiddiy shug‘ullanib kelmoqda. Shulardan biri Luiza Ganiyeva u Qashaqadaryoda tug‘ilibgina qolmay, balki o‘sha vohada o‘sib voyaga yetdi. Terma jamoa bilan birga ishtirok etadi. Iftixor bilan shuni aytish mumkinki, sportchimiz terma jamoa kapitani sanaladi.

— Bizning badiiy gimnatikani bizning hududimizda rivojlanishi, eng katta yutug‘imiz: qashqadaryolik sportchi qizimizni olimpiya gilamlarida ishtirok etishidir, dedi Luiza Ganiyevaning shaxsiy murabbiysi ham shu sohadagi katta murabbiysi Vera Katayeva. — uning otasi Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori Shavkat Ganiyev bundan 15 yil ilgari umid bilan kichkina qizaloq Luizani qo‘limga olib kelganini, “irkit o‘rdakcha”dan oqqushga aylanganini hanuzgacha xotirlaydi. Yillar o‘tib, sportda toblandi, nozik,chiroyli harakatlar qilishni, nafislikni o‘rgandi, respublika gimnastikachilar ichida eng yaxshilari qatoridan joy egalladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Qarshi sport Olimpiya zahiralari kollejini tugatgach, Luiza Ganiyeva imtihonsiz O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabalari qatoridan o‘rin oldi, ayni paytda mazkur oliygohning 1-kursida tahsil olmoqda.

Ota-onalarining ta’kidlashicha, ularning qizlari qachonlardir Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishini orzu ham qilishmagan ekan.Umid qilamizki, Luiza Ganiyeva asosiy musobaqalarda 4 yildan beri yaxshi ishtirok etibgina qolmay, Olimpiya shohsupasiga ko‘tariladi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit