Gerasimova Svetlana Ivanovna


1079

Tug‘ilgan sana: 1951 Fevral 2
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: O‘qituvchilar

Svetlana Ivanovna Gerasimova (1951.2.2, Toshkent) — O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi (2001).

Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1974). 1974 yildan Toshkent shahardagi 187-64-50 maktablarda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, 50-maktab direktori o‘rinbosari, 1987 yildan direktori.

Gerasimova gimnaziya uchun tayyorlangan alohida o‘quv-metodik rejalari va boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan kun tartibi qo‘llanmalari muallifidir. Fizika, matematika, kimyo, biologiya yo‘nalishidagi maxsus rejalar ham uning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan.

Gerasimova maktab moddiy texnika bazasini mustahkamlashda faol harakat qildi; maktabni pedagogik kadrlar bilan ta’minlash ishini yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida pedagogika o‘quv yurtlari bilan uzviy aloqa o‘rnatgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit