Giyasov Irkin Abasovich


783

Tug‘ilgan sana: 1937 Noyabr 14
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Giyasov Irkin Abasovich - Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

Giyasov Irkin Abasovich 1937 yil 14 noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U sport gimnastikasi bilan maktabda yetti yoshidan shug‘ullana boshlagan.1959 yilda o‘zbek gimnastikachilaridan birinchi bo‘lib sport ustasi normasini bajargan.1960 yilda “Spartak” sport jamiyati Toshkent viloyat kengashiga murabbiylik ishiga o‘tgan.1964 yildan boshlab tashkilotchilik ishlarida va yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida respublika sport yo‘nalishidagi maktab-internati, so‘ngra olimpiya zaxiralari bilim yurtining (hozir kolleji) direktori lavozimlarida ishlab keldi.U rahbarlik qilgan tashkilotlarda mingdan ziyod sport ustasi, o‘nlab xalqaro toifali sport ustalari, jahon, Yevropa, Olimpiya o‘yinlari jumladan: A.Chusovtina, R.Galiyevalar va boshqa xalqaro musobaqalarning chempionlari yetishib chiqdi..

Giyasov Irkin sport gimnastikasida o‘zbeklar orasida birinchi bo‘lib butunittifoq toifasidagi hakam unvoniga sazovor bo‘lgan. Ko‘plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan, 2011 yildan eng faol sport faxriysi hisoblanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit