Giyasov Shaxram


1846

Tug‘ilgan sana: 1993 Iyul 7
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Bo‘yi 174, Vazni 69 kg.

Rio de Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Shaxram g‘alaba yo‘lida Yevropalik chempion Eymantas Stanyonisni (Litva), olimpiya chempioni Ronel Iglesias (Kuba), jahon chempioni Muhammad Rabilarni (Marokoni) yengdi.

23 yoshli sportchi 25 yoshlik Yuba Sisokko (Ispaniya) bilan jangga kirishdi. Jang Shaxram Giyasovning qat’iy nazorati ostida o‘tadi. Giyasov faol jangga kirishadi, ikkinchi raundda raqibini hatto o‘ngdan zarba bilan larzaga keltirdi, biroq raqibi o‘zini tezda qo‘lga olib, oyoqqa turib oladi.

Uchta raund yakuniga ko‘ra hakamlar g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga taqdim etishdi.

O‘zbekiston chempioni hamda Osiyo va Okeaniya kvalifikatsion turniri oltin medali sohibi Shaxram Giyasov Osiyo va Osiyo o‘yinlari ikki karra chempioni, 2015 yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinov bilan jangga chiqdi.

Jang murosasiz o‘tdi va Shaxram birinchi raqamda jangga kirishdi, hujumga o‘tdi, biroq raqibi ochiq jangdan qocha boshladi (shikastlanishni hisobga olgan holda) va ehtiyotkorona himoyalandi. Ikkinchi raundda ham vaziyat o‘zgarmadi, Giyasov raqibini ishoralar orqali jangga chorladi, biroq Daniyar javoban zarbalarni qaytarmadi. Oxirgi raundda Shaxram raqibini larzaga keltirdi, biroq jangni yakunlashga ulgurmadi. Uchta raund natijalariga ko‘ra g‘alaba 3:0 (29:28, 29:28, 29:28) hisob bilan qozog‘istonlik bokschiga berildi.

Shunday qilib, Giyasov 2016 Rio-de-Jeneyro Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibiga aylandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit