Glier Reyngold Moricevich


1363

Tug‘ilgan sana: 1874 Dekabr 30
Vafot etgan sana: 1956 Iyun 23
Tug‘ilgan joyi: Kiev
Yo‘nalishlar: Bastakorlar

Kompozitor, dirijyor va pedagog, Ozarbayjon, Rossiya, O’zbekiston xalq artisti, uch marta Glinka mukofoti (1902, 1909, 1914) va uch marta Davlat mukofotlari (1946, 1948, 1950) sovrindori.Kompozitor, dirijyor va pedagog Reyngolьd Glier 1874 yilda Kievda tug’ilgan. 1900 yilda Moskva konservatoriyasini (S.I.Taneev va M.M.Ippolitov-Ivanov sinfi bo’yicha) tamomladi.

Tarjimai hol

U 1913 yildan Kiev konservatoriyasining professori va direktorii (1914—1920), 1920-1941 yillarda Moskva konservatoriyasining professori vazifalarida ishladi.
«Lolaqizg’aldoq» (1927, 1941 yilgi yangi tahririda «Qizil gul») baleti uning cermazmun ijodining ilk mahsulidir.

Keyinchalik «Misr kechalari» (1925, 1926 yilga yangi tahririda «Kleopatra»), «Mis chavandoz» (Pushkin asari bo’yicha, 1949), «Masxarabozlar» (193-1, Lope de Vega asari bo’yicha, 1955 yilgi yangi tahririda «Kastiliya qizi») baletlarini yaratdi. Bu asarlar kompozitor ijodida alohida o’rin tutadi.

1925 yilda Ozarbayjon operasi «Shohsanam»ni ham yozgan. Glier qardosh xadqlar, ayniqsa, biriichi o’zbek musiqali dramalaridan biri — «Gulsara» (1936) asar va T.Sodiqov bilan hamkorlikda yaratilgan «Layli va majnun» (1940), «Gulsara» (1949) operalari bilan O’zbekistonda musiqali drama va opera janrlarining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.

Shuningdek, o’zbek xalq kuylari asosida «Tantanali» (1937), «Farg’ona bayrami» (1940) uvertyuralarini, T. Sodiqov bilan hamkorlikda, mashhur «Alisher Navoiy» filьmiga (1948) musiqa yaratdi.

Serqirra va sermazmun ijod sohibi Glier 1942 yilda «Rashelь» operasida, 3 simfoniya, dasturli simfoniya, dasturli simfonik, asarlar, uvertyuralar, kontsertlar, turli kvartetlar (oktetlar, romanlar, marshlar) yarati, shu bilan birga mahalliy xalq vakillaridan ko’pgina, shogirdlar yetishtirdi, O’zbek xalq musiqa san’ati namoyandalari Halima Nosirova, Tamaraxonim, To’xtasin Jalilov, Mamadaziz Niyozov, Imomjon Ikromov, Yunus Rajabiylar Glierning munosib shogirdlaridir.

Mashhur san’atkor Reyngolьd Glierning o’zbek va qardosh xalqlar musiqa madaniyati rivojidagi xizmatlari 1934 yilda Ozarbayjon, 1935 yilda Rossiya, 1936 yilda O’zbekiston «Xalq artisti» unvonlari bilan taqdirlandi. Glier uch marta Glinka mukofoti (1902, 1909, 1914) va uch marta Davlat mukofotlari (1946, 1948, 1950) sovrindoridir.

O’zbekistonda musiqa madaniyati ravnaqiga munosib hissa qo’shgan R. M. Glier 1956 yilda Moskva shahrida vafot etdi.

Opera asarlari ro‘yxati

•«Samo va yer» J.Bayroning asari bilan opera-oratoriya (1900).

•«Shohsanam» M.Galperinning librettosi (1923-1925, ikkinchisi 1934).

•«Gulsara» (T.Sadыkov hamkorlikda) K. Yashin va M.Muxammedovlarning librettosi (1949).

•«Layli va Majnun» (T.Sodiqov bilan hamkorlikda), Xurshid va A.Navoi dostoni librettosi (1940).

•«Rashel» Gi de Mopassan asari bo‘yicha M.Bulgakov va M.Aliger librettosi (1942-1943).

Baletlar

•«Xrizis» balet-pantomima, P.Lyuis syujeti bo‘yicha N.Mil librettosi (1912)

•«Komediantlar» Lope de Vega syujeti bo‘yicha A.Petrovsiy librettosi (1922-1930); yangi tahrirda- «Kastiliya qizi» (1955).

•«Po‘lat chavandoz» A.S.Pushkin syujeti bo‘yicha P.Abolimov librettosi (1945-1948). Buyuk shaharlar gimni (Sankt-Peterburg gimni)

•«Taras Bulba» N.V.Gogol syujeti bo‘icha R.Zaxarova librettosi (1951-1952).

•«Kleopatra» («Misr oqshomlari»), balet-pantomima, A.S.Pushkin poemasi bo‘yicha Vl.I.Nemirovich-Danchenko va L.V.Baratovlar librettosi

Simfonik asarlari

•Birinchi simfoniya (1899)

•Ikkinchi simfoniya (1907)

•Uchinchi simfoniya «Ilya Muromets» (1909-1911)

•«Sirenlar» poemasi (1908)

•«Zaporojetslar» kartina (1921)

•Marosim uvertyurasi (1937)

• Buryat-Mongolskiy ASSR Qahramonlik marshi (1937)

•«Muqaddas burch» poemasi (1939)

•«Farg‘ona bayrami» uvertyurasi (1940)

•«Xalqlar do‘stligi» uvertyurasi (1941)

•Slavyan mavzusidagi uvertyurasi (1941)

•Simfonik-fantaziya xalq rus cholg‘ulari orkestri uchun (1943)

•«G‘alaba» uvertyurasi.

Konsertlar

•konsert Arfa orkestri bilan (1938)

•konsert ovoz orkestri uchun (1943)

•konsert violonchel orkestri bilan (1945-1946)

•konsert valtorna orkestri bilan (1951)

•Konsert skripka orkestri bilan (1956)

Cholg‘u asarlari

•Birinchi kvartet (1899)

•Ikkinchi kvartet (1905)

•Uchinchi kvartet (1928)

•To‘rtinchi kvartet (1946)

•Beshinchi sekstet (1898)

•Ikkinchi sekstet (1904)

•Uchinchi sekstet (1905)

•Oktet (1901)

Boshqa ijod namunalari

•pedagogik repertuar va bayram qismidan 150 ga yaqin fortepiano pyesalari

•turli yakka cholg‘u asboblari fortepyano jo‘rligida 70 ga yaqin pyesalari

•Ovoz va fortepyano uchun 130 ta romanslar.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit