Granatkin Boris Andreyevich


1114

Tug‘ilgan sana: 1935 Noyabr 9
Vafot etgan sana: 2008 May 1
Tug‘ilgan joyi: Novosibirskiy
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Boris Andreyevich Granatkin (1935 yil 9 noyabr, Novosibirsk, Rossiya - 2008 yil 1 may, Toshkent, O‘zbekiston)—boks bo‘yicha sovet bokschisi va murabbiyi. Sovet Ittifoqida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, “Toshkent Dinamo” jamoasi.

Tarjimai holi
U Sovet Ittifoqi terma jamoa murabbiylari tarkibiga kirgan 1974 yilikkinchi o‘rta vaznda Jahon va Sovet ittifoqi chempioni (1974 yil, Kuba), Olimpiya o‘yinlari finalchisi (1976 yil, Monreal, Kanada) Rifat Riskiyevni tayyorlagani va DSO «Dinamo» boks sohasini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgani uchun Sovet Ittifoqida xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvonini olgan .
Boris Andreyevich Granatkin geologlar Vera Fedorovna va Andrey Ivanovich Granatkin (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan geolog) oilasida tavallud topdi. Uning ukasi Vladimir Andreyevich Granatkin (1937-2012).
13 yoshidan Toshkentda boks bo‘yicha murabbiy Sidney Lvovich Jeksonda shug‘ullandi. 17 yoshida Toshkent jismoniy tarbiya institutiga kirdi va 5 yil o‘qidi. Boks bo‘yicha besh karra O‘zbekiston chempioni, Sovet Ittifoqi sport ustasi.
1956 yil Nelli Fedorov Mokshevaga uylandi va 1960 yilda o‘g‘li Igor dunyoga keldi. Boris Andreyevich Granatkin butun hayotini sportga bag‘ishladi va hayotining oxirgi kunlarigacha murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullandi. Uni O‘zbekistondagi sport bo‘yicha davralarda juda hurmat qilishar edi. 2008 yil 1 mayda vafot etdi. Toshkentdagi №1 sonli qabristonning (Botkina) Kommunistik uchastkasi№3 da dafn etilgan.
1979 yilda “Ring chorlaydi...” nomli filmi suratga olindi va unda bosh qaxramonlardan biri bokschi Rufat Qudratov ning murabbiyi obrazi Boris Andreyevich Granatkindan olingan.
1974 yili Gavanada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha havaskorlar birinchi jahon chempionatidan so‘ng “Sovet Ittifoqida xizmat ko‘rsatgan murabbiy” unvoniga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, maqolada aytib o‘tilganidek B.A. Granatkin Toshkent jismoniy tarbiya institutiga 1955 yili 20 yoshidakirgan,17 yoshida emas. U bu muassasaning birinchi bitiruvchilaridan edi. U vaqtgacha esa Toshkent politexnika institutida 1,5 yil davomida uning geolog otasi xohishiga ko‘ra o‘qidi.
Bo‘lgan voqea va sanalarni to‘liq ta’kidlayman, chunki men Granatkin Igor Borisovichning yagona Granatkin Boris Andreyevichman.Ushbu xodisalar mening oilamda sodir bo‘lgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit