Habibullayev Poʻlat Qirgʻizboyevich


1605

Tug‘ilgan sana: 1936 Oktyabr 14
Tug‘ilgan joyi: Andijon viloyati
Yo‘nalishlar: Fiziklar, Kimyogarlar

Habibullayev Poʻlat Qirgʻizboyevich(1936.14.10, Andijon) — fizik olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA akad. (1984). SSSR (1991 y.dan Rossiya) FA muxbir aʼzosi (1984). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), fizika-matematika fanlari doktori (1971), professor (1972).

Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1960). Toshkent pedagogika institutida kafedra mudiri (1964—71), Andijon paxtachilik instituti rektori (1971—75), Oʻzbekiston KP MK fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri (1975—78). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti direktori (1978—88), Oʻzbekiston FA Issiqpik fizikasi boʻlimi ilmiy rahbari (1977 y.dan). Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1979—84), prezidenti (1984—88), Oʻzbekiston Oliy Soveti raisi (1985—88), Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1988—89), Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi (1994 y.dan), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktori (2002 y.dan).

"Oʻzbekiston fizika jurnali" bosh muharriri (1995y.dan). Ilmiy ishlari akustik spektroskopiya, fizik va kvant akustika, nanofizika va yumshoq muhitlar fizikasi, nochiziqli optika va lazer termokimyosi, superion oʻtkazgichlar va kvant-oʻlchamli sistemalar fizikasi, yadro fizikasi va radiatsion materialshunoslik, nochiziqli dinamika va xaos, izotoplar fizikasi va kimyosi, lazer fotosintezi va b. yoʻnalishlarga doir.

Habibullayev kritik hodisalar va fazaviy oʻtishlar sohasini oʻz ichiga olgan kondensirlangan muhitlar akustik spektroskopiyasi asoschilaridan biri.

Oʻrta maktab va oliy oʻquv yurtlari uchun fizikadan darsliklar muallifi. Pokiston, Hindiston va b. bir qancha xorijiy FA aʼzosi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit