Hamroboyev Ibrohim Hamroboyevich


1257

Tug‘ilgan sana: 1920 May 5
Vafot etgan sana: 2002 Iyun 29
Tug‘ilgan joyi: Qirg‘iziston
Yo‘nalishlar: Geologlar

Hamroboyev Ibrohim Hamroboyevich (1920.05.05, hoz. Qirg‘iziston Respublikasining Ush

viloyati, Uzgan sh. - 2002.29.06, Toshkent) - geolog olim. O‘zbekiston FA akadmik (1973), O‘zbekistonda(1970) va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). O‘rta Osiyo davlat universiteti geologiya fakultetini tugatgan(1942).

Choruxdayron geologiya-qidiruv partiyasi va Pomir ekspe-itsiyasida geolog (1942-1948); O‘zbekiston FA Geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim (1947-49), laborotoriya va bo‘lim mudiri (1949-2002), fan bo‘yicha direktor o‘rinbosori (1958-1959), shu institut direktori (1960-1992) va konsultanti (1992-2002).

O‘zbekiston FA Yer haqidagi fanlar bo‘limi raisi (1994-1996). Ilmiy ishlari, asosan, O‘rta Osiyo magmatizmi, ayrim majmuali formatsiyalarning geokimyoviy va metallogenik xossalariga bag‘ishlangan.

1950-yillarda O‘rta Osiyoda oltin bilan margimushning uzviy paragenezisini aniqladi. Shu asosda yangi oltin konlari (Chormiton, Muruntov, Tomditov va boshka) topildi. Hamroboyev oltinli ruda konlari hosil bo‘lishida Yer ichki tuzilishining ahamiyati haqidagi g‘oyani rivojlantirdi, O‘zbekistonda oltin va b. muhim rudalarni qazib chiqarish sanoatini rivojlantirish bilan shug‘ullangan.

G‘arbiy O‘zbekistonning metallogenik xaritasini tuzgan. Xalqaro geologik kongresslar (Daniya- 1960, Hindiston- 1964, Fransiya- 1959, Chexoslovakiya- 1963, Norvegiya- 1966, Italiya- 1974) qatnashchisi.

Hamroboyev nomiga yangi topilgan mineral (hamroboyevit) qo‘yilgan. Geologiya va geofizika intida Hamroboyevning xona muzeyi tashkil qilingan. Davlat mukofotlari (1960, 1966), Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1989). «Shuhrat» medali(1994) bilan mukofotlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit