Haydarov O‘tkirbek Abdujalilovich


810

Tug‘ilgan sana: 1974 Yanvar 25
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Haydarov O‘tkirbek Abdujalilovich — bokschi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2000), «O‘zbekiston iftixori» (1999). 75 va 81 kg vazn toifalarida O‘zbekiston (1996, 1998, 2000), Osiyo (2002, Seremban), Osiyo o‘yinlari (2002, Pusan) va Afro-Osiyo o‘yinlari (2003, Haydarobod) chempioni.

Jahon chempionatining oltin (1999, Xyuston), kumush (2001, Belfast) va bronza (2005,Xitoy) medali sovrindori, Yaxshi niyat o‘yinlari (2001, Brisben) va olimpiada o‘yinlari (2004, Afina)ning bronza medali sohibi. Andijon universitetini tugatgan (2002), «Dinamo» sport jamiyatida boks bo‘yicha yo‘riqchi (1996—2000).

2000 yildan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi. «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2004).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit