Husanov Sherzod Alimovich


1000

Tug‘ilgan sana: 1980 Yanvar 27
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Husanov Sherzod Alimovich — bokschi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2001), «O‘zbekiston iftixori» (2002). Husanov Sherzod 69 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempioni (2000, 2001, 2005), Osiyo chempionatining kumush, (2004, Puerto-Prinsesa) va bronza (2002, Seremban), Osiyo o‘yinlarining bronza (2002,Pusan), jahon chempionatining kumush (2003, Bang-kok) va bronza (2001, Belfast) medallari sovrindori.

Sherzod Farg‘ona universitetini tugatgan (2005). 2000 yildan Markaziy harbiy sport klubida boks bo‘yicha yo‘riqchi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit