Ibodullayev Muxtorxon


109

Tug‘ilgan sana: 1945 Mart 29
Tug‘ilgan joyi: Chimkent viloyati
Yo‘nalishlar: Fiziklar

Ibodullayev Muxtorxon 29 mart 1945 yil Chimkent viloyati Turkiston shahrida tug‘ilgan. Millati -o‘zbek.

1952 yil Turkiston shahri o‘rta maktabda o‘qib tugatgan. Shu yili Toshkent politexnika institutiga kirib 1967 yilda muhandis - elektrik mutaxassisligini tamomladi.

Mehnat faoliyatini 1967 yil Toshkent politexnika instituti “Nazariy elektrotexnika asoslari” kafedra assistentidan boshlagan, 1969-1972 yillarda ushbu kafedra aspiranturasida o‘qib, 1974 yilda texnika fanlari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1976-1980 yillarda energetika fakulteti “Umumiy va nazariy elektrotexnika” kafedra dotsenti, 1976-1995 yillarda energetika fakulteti dekan o‘rinbosari , prorektor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

1995-2000 yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti umumtexnika fakulteti dekani va “Elektrotexnika va elektronika” kafedra mudiri vazifasida ishlagan.

1994 yilda texnika fanlari doktori ilmiy unvon olish uchun 05.09.05 Nazariy elektrotexnika iqtisosligi bo‘yicha “Teoreticheskiy eksperimentalniy analiz mnogofaznix elektroferromagnitnix sepey pri vozbujdenii v nix subgarmonicheskix avtoparametricheskix kolebaniy” mavzusida doktorlik dissertatisiyasini Moskva energetika instituti Ilmiy kengashida himoya qildi.

Uning 92 ta ilmiy maqolalari bosmadan chiqqan, 10 ta ilmiy hisobot, nazariy elektro texnika asoslar fanidan 2 ta darslik, 1 ta o‘quv-uslubiy, 15 ta uslubiy qo‘llanmalar yozgan.

2000-2002 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti fundamental va gumanitar fanlari markazi prorektori, 2002-2005 yillarda energetika fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

2005-2008 yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti “Uchish aparatlari va aeroportlarining elektr jihozlari” kafedra mudiri, 2008-2011 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti “Uchish aparatlari va aeroportlarining elektr jihozlari” kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.

2011-2016 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti “Uchish aparatlari va aeroportlarining radio elektr jihozlaridan foydalanish” kafedra professori. 2016 yildan hozirgi kungacha energetika fakulteti “Elektrotexnika” kafedra professori lavozimida ishlaydi.

2008-2015 yillarda O‘zbekiston Oliy atesstattsiya qo‘mitasida ilmiy unvon berish bo‘yicha ekspert komissi yaa’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1980-2008 yillarda energetika fakulteti ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash a’zozi bo‘lgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit