Ibragimov Server Yusufovich


559

Tug‘ilgan sana: 1978 Noyabr 28
Tug‘ilgan joyi: Guliston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2013 yil 2 yanvardan O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paraolimpiya terma jamoasi a’zosi

U 28.11.1978 yil Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan. Millati — tatar. Server Ibragimov 1994 yil Guliston shahar 2-sonli o‘rta ta’lim maktabni tamomlagan.

2013 y. - h.v. - O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paraolimpiya terma jamoasi a’zosi

2015 y. - h.v. - O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining Toshkent viloyati bo‘limi a’zosi

S.Ibragimov respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning o‘q otish turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

Malakali sportchi ko‘plab nufuzli musobaqalarda muvoffaqiyatli ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallagan. Jumladan, 2014 yilning may oyida Germaniyaning Ganover shahrida o‘tkazilgan Xalqaro turnirda 6-o‘rinni, iyul oyida Germaniyaning Zul shahrida o‘tkazilgan Jaxon Chempionatida

24-o‘rinni, oktyabr oyida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida 6-o‘rinni egallagan.

2015 yilning aprel oyida Polshaning Shettsen shahrida o‘tkazilgan Jahon Kubogida 1-o‘rinni egallab oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2015 yilning iyul oyida Xorvatiyaning Osijek shahrida o‘tkazilgan Jahon Kubogida 9-o‘rinni egallagan.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 3-o‘rinni egallab terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

S.Ibragimov sportchilarga xos soddadil, kamtarin inson, matonatli sportchi sifatida jamoadoshlari va ustoz-murabbiylari orasida hurmat qozongan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit