Ibrohimov Lekim Hakimovich


664

Tug‘ilgan sana: 1944 Dekabr 21
Tug‘ilgan joyi: Qozog'iston
Yo‘nalishlar: Rassomlar

Ibrohimov Lekim Hakimovich (1945.21.12, Olmata viloyati) O‘zbekiston xalq rassomi (2001), O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi (1999). Toshkent teatr va rassomlik san’ati inistitutini tugatgan (1977). P. Ben’kov nomidagi Respbublika rassomlik bilim yurtida dars bergan (1977-1987). 

Ibrohimov ijodida Sharq mavzi asosiy o‘rin tutadi, xalq ertak va dostonlari, o‘zbek va uyg‘ur mumtoz she’riyati asosidayaratgan asarlari o‘zining lirik ohangi, mazmuni bilan e’tiborini tortadi: “Amir Temur”, “Alisher Navoiy”, “Bobur” va portretlari, “O‘zbek xalq ertaklari ”, “So‘qoq qizlari” turkum asarlari va boshqalar Rassomning ijodiy falsafasi O‘rta Osiyo , Sharq madaniyati bilan uzviy bog‘liq (“Ko‘k bo‘rini emayotgan bolakay”, 1989; “Qiz xonatlas”, 1990; “Ipak yo‘li”, 1997; “Sharq go‘zali”, 1998 va boshqalar.). Ibrohimovning xorijiy mamlakatlarda shaxsiy ko‘rgazmalari uyuushtirilgan, xalqaro va respublika ko‘rgazmalarida asarlari bilan ishtirok etadi. O‘zbekiston Badiiy Akademiya Oltin medali bilan taqdirlangan (1998).

Lekim Ibragimov O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Lekim Ibragimov “Ming farishta va bir surat» mega-asarini yaratib, rekord o‘rnatgan. Ushbu surat loyihasi “Ming bir kecha” ertaklari asosida 2000 yilda yaratila boshlangan va 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlanib, 2012 yil yakunlangan. Mega-asar 2012 yili Pragada, 2013 yili Moskva Rastasida (Gostiniy Dvor) va 2014 yili Toshkentda namoyish etilgan. Moskvada namoyish etilgan ko‘rgazmada“Interrekord» rekordlarni ro‘yxatga olish xalqaro agentligi vakillari qatnashib, «Bir rassom tomonidan bo‘z matoga (xolst) moybo‘yoq bilan chizilgan dunyodagi eng katta kartina» va «Bitta kartinada chizilgan eng ko‘p miqdordagi farishtalar» toifasidagi ikkita jahon rekordini qayd etgan edi.

Muallifning loyihasiga ko‘ra, suratning yakuniy ko‘rinishi mingta alohida rasmlardan iborat bo‘lib, ularning har birida bittadan farishta tasvirlangan. Bunday rasmning o‘lchami - 78 ga 64 sm. Yaxlit rasmning hajmi esa 500 metr kvadratdan ortiq. Kartina va konstruktsiya og‘irligi 22 tonnadan iborat. Konstruktsiyani montaj qilishga va mega-suratning 1000 ta qismini birlashtirishga to‘rt kun talab qilinadi. Yig‘ilgan pannoning balandligi 8 metr, uzunligi esa 66 metr.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit