Igamberdiyev Xusan Zakirovich


383

Tug‘ilgan sana: 1946 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Matematiklar, Fiziklar

Igamberdiyev Xusan Zakirovich, 1946 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.

1963 yilda Toshkent shahridagi №46 sonli o‘rta maktabni tugatdi va shu yili Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining (ToshPI) «Injener-fizika» fakulteti «Avtomatika va telemexanika» kafedrasiga talabalikka qabul qilindi.

1968 yilda ushbu oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, «Avtomatika va telemexanika» sohalari muhandisi ixtisosligini oldi.

1968 yilning dekabr oyidan 1969 yilning noyabr oyigacha xarbiy xizmatda bo‘lgan.

1969 yilning avgust oyidan 1974 yilning sentyabr oyigacha «Avtomatika va telemexanika» kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.

1974 yilning sentyabr oyidan 1977 yilning aprel oyigacha «Avtomatika va telemexanika» kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishladi.

1974 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi.

1977 yilning mayidan 1986 yilning avgustiga qadar o‘rindoshlik asosida dekan muovini lavozimida ishladi.

1977 yilning aprel oyidan 1992 yilning sentyabr oyigacha «Avtomatika va telemexanika» va «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedralarida dotsent lavozimida ishladi.

1991 yilda esa 01.01.11 - «Tizimli taxlil va avtomatik boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha «Dinamik ob'yektlarni muntazam identifikatsiyalash usullari va algoritmlari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ilmiy faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlar - identifikatsiya, optimal va adaptiv boshqarish, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, texnik tizimlarda boshqarish, axborotlarni qayta ishlash va boshqarish tizimlaridir.

468 ta ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop ettirgan. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish sohasida 5 ta fan doktori va 22 ta fan nomzodlarini tayyorladi.

1992 yilning sentyabr oyidan 2001 yilning fevral oyigacha Toshkent davlat texnika universiteti «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi professori lavozimida ishladi.

2000 yilning yanvar oyidan 2001 yilning fevral oyigacha Toshkent davlat texnika universiteti Kengashi ilmiy kotibi bo‘ldi.

2001 yilning fevral oyidan 2004 yilning 31 yanvar oyigacha Toshkent davlat texnika universiteti «Elektronika va avtomatika» fakulteti dekani, 2004 yilning fevral oyidan 2012 yil fevral oyigacha esa «Avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab keldi.

2000 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoniga sazovor bo‘ldi.

2012 yilning fevral oyidan 2016 yilning sentyabr oyigacha Toshkent davlat texnika universiteti «Boshqarishda axborot texnologiyalari» kafedrasi professori lavozimida ishladi.

2016 yilning sentyabr oyidan hozirgi vaqtgacha esa Toshkent davlat texnika universiteti «Muhandislik tizimlari» fakulteti «Intellektual muhandislik tizimlari» kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

Quyidagi manzilda yashaydi: Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, N.Aminov ko‘chasi, 50-uy. Tel.: (90) 950-84-06 (m.); (71) 242-43-72 (uy); Ye-mail: uz3121@rambler.ru.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit