Ilin Nikolay Dmitriyevich


787

Tug‘ilgan sana: 1950 Noyabr 27
Tug‘ilgan joyi: Rossiya
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar, Adabiyotshunoslar

Nikolay Ilin  taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi, adabiyotshunosi hisoblanadi. 2011 yil Nikolay Ilin O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun yashaylik" adabiyot tanlovining g‘olibi bo‘ldi.

Tarjimai hol

Nikolay Dmitriyevich Ilin 1950 yil Rossiyaning Chelyabinsk viloyati, Zlatoust shahrida tug‘ilgan. Uning oilasi o‘rta maktabni bitirgach Toshkentga ko‘chib keladi, Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlaydi.

O‘z kasbining ustasi, filolog, o‘qituvchi va uslubchi, shuningdek 20 yil mobaynida Toshkent davlat pedagogika instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rus tili va adabiyotidan talabalarga saboq berib kelgan. (1975-1997 yillar) Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nikolay Ilin 60 dan ziyod tarix va adabiyot nazariyasi, dars o‘tish uslubi bo‘yicha ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. Hozirgi kunda u “Til va adabiyot sabog‘i” jurnalining ilmiy-uslubiy bo‘limning muharriri sanaladi.

Nikolay Ilin “Kuz belgisi ostida”, “Kichik ipak yo‘li” (Toshkent), “Kronos” (Daugavpils, Latviya), "Dunyo yodda saqlaydi uni (Moskva), “Xalqlar do‘stligi” jurnallarida uning she'rlari almanaxlarda nashr etiladi. Uning qalami ostida 5 ta to‘plam: "Birinchi daftar” (2004 yil), "Qalb ohangida" (2005g.), "Vaqt izminida (2006 yil), "Xotira orzusi" (2008 yil.), "Hazonrezgi izidan" (2010 yil) bosilib chiqadi.

Nikolay Ilinning adabiyot yo‘lida qilgan asosiy ishlari tarjimalar va zamonaviy o‘zbek adabiyoti bilan shug‘ullanish bo‘ldi. Ikki yil mobaynida Nikolay Ilin tarjima sohasida faoliyat yuritib, Go‘zalbegimning “Barq urgan yaproq soyasi”, Oygul Suyundiqovaning “Men baxtli qush kabi parvozdaman”, Sirojiddin Saidning “Jo‘g‘rofiya mening qalbimda”, Abdulla Ahmad Muhammad Alining “Bepoyon dunyo” she'rlarini tarjima qilgan. Bundan tashqari Nikolay Ilin Pahlovon Mahmud va shoir Ulug‘bek Hamdam she'rlarini rus tiliga tarjima qildi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit