Ilina Tatyana Georgiyevna


1193

Tug‘ilgan sana: 1920 Iyun 26
Vafot etgan sana: 2003 Oktyabr 12
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

Ilina Tatyana Georgiyevna - Ilina Tatyana Georgiyevna (26.06.1920-12.10.2003) — ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassis. Toshkent Tibbiyot institutini tugatgan (1942) va ushbu instituning ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri bo‘lgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor (1969), tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1973).

Ko‘z kasalliklari kafedrasi professor (1972-1980); mudiri (1980-1988), 2-ToshTI da kafedra mudiri(1989-1991), professor (1991-1994), 1994 yildan professor konsultant. Traxoma, glaukoma (nazla) kabi xastaliklar, shuningdek, ishemik kasalliklar, gipertoniya, qand kasalligi, ateroskleroz, podagra, buyrak va jigar kasalliklarida ko‘z tomirida bo‘ladigan o‘zgarishlar ustida tadqiqot olib borgan.
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib odam va hayvonlar ko‘zi to‘qimalaridagi mikroelementlarni radioaktivatsion tahlil qilish usulini ishlab chiqqan.
Toshkent shahrida professor-xirurg G.A.Ilin oilasida tug‘ilgan. Tatyananining otasi G.A.IlinTurkiston davlat universiteti va keyinchalik O‘rtaosiyo davlatuniversiteti asoschilaridan hisoblangan. 1935 yili ushbu universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent Tibbiyot institutiga asos solindi. Bu institutni 1942 yilda T.Ilina tamomlab, kafedra ordinatori, assistenti, dotsenti va professori bo‘lib ishlagan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Tatyana Georgiyevna akademik V.P. Filatov qo‘l ostida ko‘z kasalliklari va teri terapiyasi institutida amaliyotchi bo‘lib ishlagan. Mazkur institut o‘sha yillari O‘zbekiston hududiga evakuatsiya qilingan edi.
U 1956 yilda «Slepoye pyatno u brutselleznыx bolnыx» mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U o‘sha yillarda Toshkent shahrida 6 oy davom etgan yer qimirlashi natijasida stressga tushgan insonlar orasida glaukomaga chalingan bemorlarning kasalliklari kuchayib borayotgani va buni davolash uchun ilmiy izlanishlar qilgani ma’lum (Toshkent, 1966 g.). Izlanishlar natijasida u «Dispanserizatsiya bolnыx glaukomoy v Uzbekistane i nekotorыe voprosы yeye patogeneza» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini 1971 yilda himoya qiladi. Bu ilmiy izlanishga akademik N.A. Puchkovskaya opponentlik qilgan. Shuningdek, respublikaning turli viloyatlarida 17 ta glaukomatozlikka ixtisoslashtirilgan bo‘limlar faoliyat yurita boshlagan.
U 150 ortiq ilmiy ishlar va oftalmologiya sohasida ko‘plab yangiliklar (novatorlik) yaratgan olim sanaladi. Uning qo‘l ostida 18 ta kandidatlik va doktorlik dissertatsiyalar himoya qilingan va 50 dan ortiq klinik ordinatorlar yetishtirilgan.T.G. Ilina ajoyib xirurg-oftalmolog hamdir.
U uzoq yillar Umumrossiya ilmiy oftalmologlar jamiyati a’zosi, O‘zbekiston oftalmologlar ilmiy jamiyati raisi o‘rinbosari, 11 yil davomida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh oftalmologi lavozimida faoliyat yuritgan.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit