Ilyosov Yavdat Xasanovich


125

Tug‘ilgan sana: 1929 Fevral 16
Vafot etgan sana: 1982 Iyun 19
Tug‘ilgan joyi: Boshqirdiston
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

Ilyasov Yavdat Xavanovich (Boshqirdistonda 16 fevral 1929 yil tug‘ilgan, 19 iyun 1982 yil Toshkent shahrida vafot etgan) — Sovet yozuvchisi, O‘rta Osiyo va O‘rta asr tarixi mavzusidagi asarlar muallifi.

Tarjimai hol

U badiiy asarlarni rus tilida, publitsistikalarini — boshqir, rus, tatar, o‘zbek tillarida yozgan. Yadat Xasanovich Beloretsk shahridagi pedagogika bilim yurtini tamomlagan. U o‘zini har bir ishda sinab ko‘rgan: podachi, traktorchi, payvandchi, nonvoy, chizmachi, rassom-bezakchi, klub va kutubxona boshqaruvchisi; shuningdek, maktabda o‘zbek tili, chizmachilik, rasm fanidan dars bergan.

1952 yildan “Leninets” Ufa gazetasini muxbiri, keyin adabiyot va san’at bo‘limi mudiri, “Toshkent haqiqati”, “O‘zbekiston komsomolchisi”, “O‘zbekiston fizkulturachisi” gazetalarida adabiy xodim, “Sharq yulduzi” jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Ming afsuski, u ijodining ayni gullagan paytida 19 iyun 1982 yil Toshkent Komsomol ko‘lida cho‘kib ketib, o‘limi fojeaviy yakun topadi. 

Asarlari

•Tarixiy qissa va romanlari “Yoy va oftob” (1954), «G‘azab yo‘li» (1956), «So‘g‘diyona» (1959), «O‘lim dog‘i» (1964), «Qora tul» (1966), «Oltin sanam» (1973), « Anaxitlar qasosi» (1984); romanlar «Ilon avrovchi» (1979) va «Sukunat minorasi» (1982), Umar Hayyom haqida va boshqalar.

•She’lar, hikoyalar, tatar, boshqir, o‘zbek va rus tillardagi ocherklari.

•Boshqir, o‘zbek, qoraqalpoq, koreys, qrim-tatar shoirlarning tarjimalari.

Ilyasov kitoblarining umumiy adadi 23 mln. nusxadan ortiq. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit