Imomnazarov Abduqahhor Turobovich


103

Tug‘ilgan sana: 1948 Oktyabr 8
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Fiziklar

Tug‘ilgan sana: 8 oktyabr 1948 y.

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri

Yo‘nalishi: energetika (elektrtexnika, elektr mexanika va elektr texnologiyalar)

Tarjimai hol

Imomnazarov Abduqahhor Turobovich 1948 yil 8 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati-o‘zbek.

1966-1971 yillari Toshkent politexnika institutida tahsil olgan va muhandis-elektromexanik mutaxassisligini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 1971 yilda “O‘zgiprokommunalproyekt” loyihalash institutida muxandis elektrik lavozimida boshlagan.

1973-1982 yillari Toshkent politexnika instituti iformatsion-o‘lchov texnikasi kafedrasi laboratoriya mudiri,1982-1985 yillari Toshkent politexnika instituti hisoblash markazida mashina boshlig‘i, 1985-1986 yillari Toshkent politexnika instituti sanoat korxonalari va shaharlarini elektr bilan ta’minlash kafedrasi assistenti, 1986-1990 yillari Toshkent politexnik ainstituti elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish kafedrasi assistenti, 1991-1996 yillari Toshkent davlat texnika universiteti elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1996-2005 yillariToshkent davlat texnika universiteti elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish kafedrasi dotsenti, 2005-2015 yillari - Toshkent davlat texnika universiteti elektrtexnikasi, elektrmexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi dotsenti, 2015-2016 yillari - Toshkent davlat texnika universiteti elektrtexnikasi, elektrmexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi professori lavozimlarida ishlagan.

1989 yili Xarkov politexnika institutining Maxsus ilmiy kengashida 05.09.01-Elektrmashinalar mutaxassisligi bo‘yicha kandidatlik dissertasiyasini yoqlagan.

1991 yildan hozirgi kungacha pedagogik faoliyatida oliy va kasb-hunar ta’lim o‘quv yurtlari o‘quv dasturlariga mos keladigan 18 ta o‘quv adabiyotlar hammuallifi, jumladan, 6 ta darslik (yakka mualliflikda 4), 8 ta o‘quv qo‘llanma (yakka mualliflikda 5 ta), 4 o‘quv-metodik ko‘rsatmalar, ilmiy jurnallardagi va respublika hamda xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyalari to‘plamlarida chop etilgan maqolalari soni 46 (jumladan 1 tasi Italiya va 2 tasi Rossiya Federasiyasida chop etilgan); 2 ta mualliflik guvohnomasi (SSSR), 5 ta patent (2 tasi Rossiya Federasiyasi va 3 tasi O‘zbekiston Resrublikasi patentlari); 5 monografiya (yakka mualliflikda 3) chop ettirgan.

1995 yili Respublika bo‘yicha energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha eng yaxshi plakatlar, reklamalar, metodik-informatsion vidiyeofilm va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rikda “Kundalik turmushimizda elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishning ba’zi bir omillari” o‘quv qo‘llanmasi bilan qatnashgan va g‘olib bo‘lgan.

2016 yildan hozirgi kungachaToshkent davlat texnika universiteti elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit