Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich


1883

Tug‘ilgan sana: 1962 Fevral 8
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Iqtisodchilar

Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov 1962 yil tug‘ilgan — 2013 yil 8 fevraldan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri. 2013 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi. Pedagogika fanlari nomzodi va professor.

Tarjimai xol

1962 yil Toshkentda tug‘ilgan. 1985 yil Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, 1998 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Faoliyati

1985-1989 yillarda Toshkent politexnika instituti assistenti.

1989-1993 yillarda Toshkent politexnika instituti aspiranti.

1993-1999 yillarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Iqtisod” fakulteti dekan o‘rinbosari, keyinroq shu fakultet dekani, Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Iqtisod va menejment” kafedrasi dotsenti.

1999-2003 yillarda Fan, Ta’lim va Madaniyat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosh maslahatchisi.

2006-2011 yillarda Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji direktori.

2011-2013 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2013 yil 8 fevraldan Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi yangi vaziri etib tayinlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit