Inoyatova Manzura Jurakulovna


1312

Tug‘ilgan sana: 1985 Fevral 12
Tug‘ilgan joyi: Navoi
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Manzura Inoyatova - Stol tennisi bo‘yicha Butun jahon o‘smirlar o‘yinining bronza medali sovrindori. Jahon o‘yinlari va Yevropa ochiq kubogi g‘olibi. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi.

Tarjimai hol

1985 yilning 12 fevralida Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Manzuraning otasi Jo‘raqul Inoyatov Xatirchi tumanidagi 10-bolalar-o‘smirlar sport maktabida stol tennisi bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlaydi. Shu boisqizini stol tennisidek jozibali o‘yinga juda erta qiziqtira oldi. 1995 yildanbuyon Manzura respublika musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallab kelmokda.

1997 yili Manzura Inoyatova Hindistonda o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo birinchiligida qatnashdi. 1998 yili Moskva (Rossiya Federatsiyasi) shahrida Butun jahon o‘smirlar o‘yinlarida Saida Burxonxo‘jayeva bilan hamkorlikda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu paytda Manzura endigina 13 yoshga to‘lgan edi.

1999 yili u Shvetsiyada o‘tkazilgan Jahon o‘yinlari va Germaniyada bo‘lgan Yevropa ochiq kubogida shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, O‘zbekiston chempionatida g‘olib chikdi, 2000 yilda bu muvaffaqiyatini yana takrorladi. Shuningdek, u kattalar o‘rtasida Angliya, Gollandiya, Gonkong kabi mamlakatlarda tashkil etilgan nufuzli musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qildi.

1999 va 2000 yillar yakuniga ko‘ra Manzura O‘zbekistonning umidli yosh sportchilaridan biri deb topildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit