Ishmuhammedov Elyor Muhitdinovich


978

Tug‘ilgan sana: 1942 May 1
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Rejissyorlar

Taniqli o’zbek kinorejissyori Elyor Ishmuhamedov «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni sohibidir. Uning filьmlari o’zbek kinosiga yangi ruh olib kelgan, matbuotda ijobiy baholangan, san’at muxlislariga manzur bo’lgan, xalqaro, sobiq Ittifoq kinofestivallarida yuqori baholangan hamda sovrinlar bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol

Kinorejissyor Elyor Ishmuhamedov 1942 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1967 yilda Moskva Butunittifoq Davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakulьtetini tugatgach (Moskvada talabalik davrida, 1963 yilda «Uchrashuv» nomli qisqa metrajli filьmini suratga olgan), «O’zbekfilьm» kinostudiyasida postanovkachi rejissyor sifatida o’z faoliyatini boshlab, «Nafosat» (1966), «Sevishganlar» (1969), «Uchrashuvlar va ayriliqlar» (1973), «Qushlar bizning do’stimiz» va boshqa badiiy filьmlarni suratga oldi.

Bu filьmlar o’zbek kinosiga yangi ruh olib keldi, matbuotda ijobiy baholandi, san’at muxlislariga manzur bo’ldi, xalqaro, sobiq Ittifoq kinofestivallarida yuqori baholandi hamda sovrinlar bilan taqdirlandi.

E. Ishmuhamedovning «Nafosat» badiiy filьmi Lokarnada bo’lgan XX Xalqaro kinofestivalda maxsus sovringa, Frankfurt Maynedagi kinofestivalda esa Kumush medalga va yaxshi rejissyorlik ishi sifatida Maxsus sovringa, «Sevishganlar» badiiy filьmi Minskda bo’lgan IV Umumittifoq kinofestivalida va Kesakadagi (Vengriya) festivalida mukofot va maxsus sovringa sazovor bo’ldi.

Elyor Ishmuhamedov hujjatli kinoda ham o’z kuchini sinab, O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filьmlar kinostudiyasida «Hur yoshligim», «Toshkentda shunday anhor bor», «Velosiped poygasi» filьmlarini suratga oldi va bu filьmlar ham madaniy jamoatchilikka manzur bo’ldi.

E.Ishmuhamedovning ijodi munosib taqdirlandi. Unga «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit