Itskov Roman Isayevich


113

Tug‘ilgan sana: 1938 Avgust 23
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Itskov Roman Isayevich - Basketbol bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

Itskov Roman Isayevich 1938 yil 23 avgustda Ukraina Respublikasining Dnepropetrovsk shahrida tavallud topgan. Dnepropetrovskdagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida basketbol o‘ynashni boshlagan. O‘zbekistonda unga A.P. Kirillov ustozlik qilgan. 1957 - 65 yillarda O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynab, O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

U 1968-78 yillarda Respublika ayollar terma jamoasi, 1979-83 yillarda esa erkaklar terma jamoasida murabbiylik qilgan. U Kompleks sport tadbirlari bo‘yicha butunittifoq toifali hakam va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Roman Isayevich 1983-97 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, Boshqarma boshlig‘ining muovini lavozimlarida ishlagan. Hozirgi kunda Milliy Olimpiya Qo‘mitasida maslahatchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit