Jalilov ​Viktor Romanovich


1440

Tug‘ilgan sana: 1952 Mart 17
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Jalilov Viktor Romanovich  (o‘zb. Viktor Romanovich Jalilov; 17 mart 1952 yil, Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi) — sovet, o‘zbek futbolchisi va murabbiysi.

O‘yinchi faoliyati

Viktor Jalilov Toshkent sport internatida ta'lim olgan. Uning ilk murabbiyi V.Yatchenko bo‘lgan. U bilan kelajakda taniqli futbolchilar bo‘lib yetishgan Mixail An, Vyacheslav Bektashev, To‘lagan Isoqov, Vladimir Fedorovlar birga ta'lim olishgan. Internatni tamomlaganidan so‘ng Viktorni “Paxtakor”ga qabul qilishdi, u yerda harbiy xizmatga chaqirilgunicha to‘p surdi. Harbiy xizmatdan so‘ng Toshkent jismoniy tarbiya institutida, o‘yinchi faoliyatini Namanganning “Tekstilchi”da o‘ynab yakunladi.

Murabbiylik faoliyati

Murabbiylik faoliyatini Halqobodning “Sohibkor” ida boshladi. 1992 yilda Toshkent viloyatining “Politotdel” klubiga boshchilik qildi. Faoliyatining birinchi yildayoq klubni O‘zbekiston chempionatining oliy ligasiga olib chiqdi.

1995 yil Namanganning “Navbahor” jamoasini boshqardi, u yerda O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ldi. 1996 yilda jamoat chempionati g‘olibi bo‘lgan holda jahon kubogi, “Oltin dubl”ga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiysi deb tan olingan.

1997-1999 yillar “Navbahor” bilan birga uch marotaba bronza g‘olibi bo‘ldi.

2000 yilda “Paxtakor”ga qaytdi va ikki yil bosh murabbiyning assistenti bo‘lib faoliyat olib bordi. Ikkinchi marta O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

2005 yilda Muborakning “Mash'al” jamoasini boshqardi va chempionatning kumush medali sovrindori bo‘ldi. Uchinchi marta O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

2010 yilda Namanganning “Navbahor”i bilan ishladi, qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan chetlatildi. 2011 yilda u Samarqandning “Dinamo”sida bosh murabbiy bo‘ldi va bu yerda deyarli yutuqlarga erishmadi. Mavsumdagi omadsiz start sababli ishdan chetlatildi. Bir paytlar jamoa rahbari bo‘lib ishlagan “Paxtakor”ga qaytdi.

2015 yilning 23 iyunida O‘zFF yig‘ilishida Viktor Jalilovni 22 yoshgacha milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu lavozimda u Baxtiyor Ashurmatovning o‘rnini egalladi. Murabbiy 2016 yil yanvarida Qatar bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha Osiyo Chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etish orqali Rio-de-Janeyro da bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlari saralash bosqichiga 2016 yilda samarali ishtirokini ta'minlash vazifasi qo‘yilgan.

Erishgan yutuqlari

  • O‘zbekiston chempioni (2): 1996, 2002
  • O‘zbekiston chempionati kumush medal sovrindori (3): 2005, 2008, 2009
  • O‘zbekiston chempionati bronza medal sovrindori (4): 1995, 1997, 1998, 1999
  • O‘zbekiston Kubogi sovrindori (4): 1995, 1997, 2001/2002, 2009
  • O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (3): 1996, 2002, 2005
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit