Jiyamurodov Jahongir


185

Tug‘ilgan sana: 1987 Yanvar 14
Tug‘ilgan joyi: Guliston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Jiyamurodov Jaxongir (1987 yil 14 yanvar; O‘zbekiston, Guliston shahrida tavallud topgan)—o‘zbek futbolchisi, himoyachi. Ayni vaqtda “Mash’al”(Muborak) futbol klubi o‘yinchisi.

Karera
Jaxongir Jiyamurodov o‘z professional faoliyatini 2004 yil “Mash’al” (Muborak) klubi tarkibida boshladi. “Mash’al” jamoasida 2008 yilga qadar 67 ta o‘yinda o‘ynadi va ular orasida 2 gol urdi. 2009 yilning boshida Qarshining “Nasaf” jamosi bilan shartnoma tuzdi va 2012 yilga qadar jamoa a’zosi bo‘ldi. Bu vaqt mobaynida 87 ta o‘yinda o‘ynadi va ular orasida 11 ta gol urdi.Jiyamurodov 2014 yilning birinchi yarmida Farg‘onanning “Neftchi” jamoasida, mavsumning ikkinchi yarmida esa “Olmaliq” jamoasida o‘yin o‘ynadi. 2015 yildan boshlab “Mash’al”da o‘yinchisi.

Yutuqlari

«Mash’al» tarkibida

  • O‘zbekiston chempionati kumush medal sovrindori: 2005
  • O‘zbekiston chempionati bronza medal sovrindori: 2007
  • O‘zbekistan Kubogi finalchisi: 2006


«Nasaf» tarkibida

  • O‘zbekiston chempionati kumush medal sovrindori: 2011
  • O‘zbekiston chempionati bronza medal sovrindori: 2009, 2010
  • O‘zbekistan Kubogi finalchisi: 2011, 2012
  • OFK Kubogi sohibi: 2011
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit