Jonibekov Vladimir Aleksandrovich


1704

Tug‘ilgan sana: 1942 May 13
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Fazogir

Kosmonavt-uchuvchi, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni, O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati Vladimir Jonibekov 1942 yilda tug‘ilgan. U komandr kapitani sifatida 5 marta koinotga parvoz qilgan. 1985 yili Vladimir Jonibekov «aviatsiya general-mayori» unvoniga ega bo‘ldi, va shu yildan to 1988 yilgacha kosmonavtlar otryadi komandiri, 1988 yildan Yu.A.Gagarin nomidagi kosmonavtlar tayyorlash markazining nazariy va ilmiy-tadqiqot tayyorlash Boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati (1985-90 yillarda)

Tarjimai hol

Jonibekov Vladimir 1942 yil 13 mayda Iskandar qishlog‘ida (hozirgi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida) xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Rus millatiga mansub. 1960 yil Toshkentdagi Suvorov bilim yurtini tamomlagan. Harbiy bilim yurtiga kirolmagach, Leningrad davlat universitetiga o‘qishga kirdi, bir yildan so‘ng Yeyskdagi oliy aviatsiya bilim yurti kursanti bo‘ldi.

1965 yil bilim yurtni tamomlab, HHKlarida uchuvchi-instruktor bo‘lib xizmat qildi. 1970 yildan kosmonavtlar Otryadi.

Kosmik kema komandiri sifatida koinotga 5 marta parvoz qilgan. Ilk parvozi bort muhandisi Makarov Oleg Grigoryevich bilan 1978 yil 10-16 yanvarda - "Soyuz-27", "Salyut-6", "Soyuz-26", "Soyuz-27" fazo kemalarida amalga oshirdi.

1978 yil 16 martda SSSR Oliy Majlis Prezidiumi buyrug‘iga asosan polkovnik Jonibekov Vladimir Aleksandrovichga muvaffaqiyatli parvozi va ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni va Lenin ordeni, “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlandi.

1981 yil 22-30 mart kunlari Mongoliya Xalq Respublikasi fuqarosi Jugderdemediyn Gurragchyo bilan birga "Interkosmos" dasturi asosida "Soyuz-39", "Salyut-6"-"Soyuz T-4" fazo kemalarida ikkinchibor koinotga parvoz qildi. 1981 yil 30 martda SSSR Oliy Majlis Prezidiumi buyrug‘iga asosan polkovnik Jonibekov Vladimir Aleksandrovichga muvaffaqiyatli parvozi va ko‘rsatgan jasorati uchun ikkinchi marta "Oltin Yulduz" mukofoti bilan taqdirlandi.

Jonibekov V.Aning uchinchi parvozi 1982 yil 2 iyulda. xalqaro sovet-fransuz ekipaji bilan (muhandis borti - Ivanchenkov Aleksandr Sergeyevich, fazogir-tadiqiqotchi Fransiya Respubliksi fuqarosi Jan-Lu Kretyenlar) “Soyuz T-6", "Salyut-7","Soyuz T-5" fazo kemasida bo‘ldi..

1984 yil 17-29 iyul kunlari bort muhandisi Savitsk Svetlana Yevgenyevna, fazogir-tadqiqotchi Volk Igor Pretrovichlar bilan birga qahramonimiz to‘rtinchibor koinotga parvoz qilib, KK "Soyuz T-12, Salyut-7"-"Soyuz T-11"-"Soyuz T-12" fazo kemalarini boshqardi.

Uning so‘nggi beshinchi marta koinotga ko‘tarilishi 1985 yil 6 iyundan-26 sentyabrgacha davom etdi. Jonibekov "Soyuz T-13 fazo kemasida (bort muhandisi Savinix Viktor Petrovich) bilan "Salyut-7"-"Soyuz T-13"-"Soyuz T-14" orbita majmualarida, lekin yerga KK "Soyuz T-13 kemasida Grechko Georgiy Mixaylovich bilan qaytdi.

U murakkkab va qiyin bo‘lgan parvozini shunday xotirlaydi:

“Biz V.Savinix bilan o‘sha uchishimizda «Salyut -7» stansiyasi bilan boshqaruv markazi o‘rtasida uzilib qolgan aloqani tiklashimiz zarur edi. Shuning uchun stansiya bilan kosmik kemamizni tutashtirish oson bo‘lmadi. 30 martadan ziyod urinishimizga to‘g‘ri keldi. Bu esa Yer atrofini 30 marta qayta aylanib chiqish demakdir. Stansiyada uzoq vaqt kuzatish ishlari olib bordik. Uning ichiga kirganimizda yong‘in bo‘lganini ko‘rdik. Garchi, vaznsizlik holatida yong‘in katta talofat bermasa-da, kuyib ketgan detallarni almashtirish oson bo‘lmadi. Ishdan chiqqan quyosh batareyalarining o‘rniga yangilarini qo‘yish og‘ir kechdi. Buning uchun besh soatdan ortiq ochiq kosmosda ishlashga to‘g‘ri keldi. O‘shanda biz qiyinchiliklar bilan stansiyani Yer bilan bog‘lashga muvaffaq bo‘lgan edik. Bunday operatsiya kosmonavtikamiz tarixida birinchi marta amalga oshirildi. Hozirgi paytda «Salyut-7« stansiyasi normal ishlab turibdi va kosmosni tadqiq etish uchun kosmonavtlarni qabul qilishga tayyor. Bu stansiya kelajakda kosmonavtlar uchun samo qo‘ynidagi mehmonxona bo‘lib qolsa ajab emas...”

1985 yili Vladimir Jonibekov «aviatsiya general-mayori» unvoniga ega bo‘ldi, va shu yildan to 1988 yilgacha kosmonavtlar otryadi komandiri, 1988 yildan Yu.A.Gagarin nomidagi kosmonavtlar tayyorlash markazining nazariy va ilmiy-tadqiqot tayyorlash Boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati (1985-90 yillarda) bo‘ldi.

Jonibekov Vladimir Aleksandrovich 5 ta Lenin ordeni, Qizil Yulduzcha ordeni, bir qancha medallar, chet el ordenlari: Mongoliyaning Suxe-Batora, Legion faxri (Fransiya), Mongoliya Xalq Respublikasi Qahramoni unvonlariga ega bo‘ldi. Toshken shahrida ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni Jonibekov V.A.ga bronza haykali o‘rnatilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit