Jo'rayev Ashurali


1398

Tug‘ilgan sana: 1956 yil
Tug‘ilgan joyi: Navoiy viloyati, Navoiy tumani
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Adabiyotshunoslar

Ashurali Jo‘rayev adabiyotga jurnalistika orqali kirib kelgan adiblar sirasiga kiradi. Uning adabiyotga qiziqishi institutda o‘qib yurgan kezlarida ko‘zga tashlangan, institutdagi adabiy to‘garakda o‘zining hikoya, ocherklari bilan qatnashgan. Dastlabki asarlari ham mazkur to‘garakning adabiy to‘plamida bosilgan. Keyinchalik u adabiyotning katta va mustaqil yo‘liga chiqib, publitsistik maqolalari, muammoli ocherklari bilan gazetxonlar e’tiborini qozonagan. Maqolalari o‘zining dolzarbligi, keskinligi va hujjatliligi bilan farqlanadi.

Muallif maqolasi mashhur hofiz Fahriddin Umarov nomining qayta tiklanishiga sabab bo‘ldiki, bu publitsistikaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini, ayni paytda Ashurali Jo‘rayevning hayotga bevosita aralasha oluvchi jurnalist va yozuvchi ekanidan dalolat beradi.

Ashurali Jo‘rayev adabiyotga jurnalistika orqali kirib kelgan adiblar sirasiga kiradi. U 1956 yilda Navoiy viloyatining Navoiy tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirganidan so‘ng Toshkentga kelib, o‘z mehnat faoliyatini «Tashselmash» zavodida boshlagan.

1974-1978 yillarda Toshkent Davlat madaniyat institutida o‘qigan.

U o‘qish bilan birga 1976 yildan boshlab Toshkent texnologiya bilim yurtining kechki bo‘limida tarbiyachi bo‘lib xizmat qilgan. So‘ng 1983 yilga qadar shu bilim yurtida o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi bo‘lib ishlagan.

Nihoyat, 1983-1996 yillar mobaynida «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bo‘lim mudiri vazifasini bajargan. 1996 yil Respublika Prezidenti devonida maslahatchi bo‘lgan. Hozirgi kunda esa «Mushtum» jurnalining bosh muharriridir.
Faoliyati

Ashurali Jo‘rayevning adabiyotga qiziqishi Madaniyat institutida o‘qib yurgan kezlarida ko‘zga tashlangan bo‘lib, institutdagi adabiy to‘garakda o‘zining hikoya, ocherklari bilan qatnashgan. Dastlabki asarlari ham mazkur to‘garakning adabiy to‘plamida bosilgan. Keyinchalik u adabiyotning katta va mustaqil yo‘liga chiqib, publitsistik maqolalari, muammoli ocherklari bilan gazetxonlar e’tiborini qozonadi, Jumladan, «Iltimosga kuning qolmasin», «Qayta qurish va san’atdagi muammolar» maqolalari o‘zining dolzarbligi, keskinligi va hujjatliligi bilan farqlanadi.
Muallifning «Iltimosga kuning qolmasin» maqolasi mashhur hofiz Fahriddin Umarov nomining qayta tiklanishiga sabab bo‘ldiki, bu publitsistikaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini, ayni paytda Ashurali Jo‘rayevning hayotga bevosita aralasha oluvchi jurnalist va yozuvchi ekanidan dalolat beradi.
Uning «Yurak bo‘ronlari» nomli hujjatli qissasida Botir Zokirovning fojiaviy taqdiri, buyuk va takrorlanmas san’atkorligi ishonchli tarzda badiiylashtirilgan. U shu asarlari uchun respublika Yoshlar tashkiloti mukofoti bilan taqdirlangan.
Adibning «Toshbaqalar poygasi», shuningdek, «O‘q uzgan kim?» hujjatli qissasi ham kitobxon e’tiborini qozongan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit