Jozef Redyard Kipling


1956

Tug‘ilgan sana: 1865 Dekabr 30
Vafot etgan sana: 1936 Yanvar 18
Tug‘ilgan joyi: Bombey
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

Britaniyalik shoir-yozuvchi, “Jungli kitobi”, va “Kim” asarining muallifi. U o‘z she'rlari bilan vatanida tanilgan.

Kipling ilk marta inglizlar orasida adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu voqyea 1907 yili sodir bo‘lgan edi. Uning ketidan Toronto, Parij, Afina, Srasburg universitetlari Kipling iste'dodiga yuqori hurmatda qarashardi. U Kembridj, Oksford, Darem, Edinburg universitetlarining faxriy darajali nomzodi edi.

Metafor tiliKiplingdagi ingliz adabiyotini boyitdi, uning asarlari jahon klassikasining marvaridi hisoblangan.

Bolalik yillari

Kipling 1865 yil 30 dekabrda Bombeyda tug‘ilgan. Otasi Jon Lokvud Kipling san'at maktabi o‘qituvchisi, onasi Alisa shu yili yosh Redyardni dunyoga keltirdi. Uning ismi ota-onasi uchrashgan Britaniyadagi Redyard ko‘li bilan bog‘liq edi.

Hindiston tabiati va ko‘ngilchan xizmatkorlarRedyard va uning singlisi Triks bolalik chog‘lari yaxshi o‘tganligini bilsak bo‘ladi. Ular haddan tashqari erkatoy bo‘lib voyaga yetishgan, kattalar esa bunga barmoq orasidan qaragandek, befarq bo‘lishgan.

O‘sha paytda ta'lim olish uchun Redyard va Triksning ota-onasi Angliyaga yuborishadi. Erkinlikni xush ko‘ruvchi 5 yashar Redyardni Sautsidagi xususiy pansion qattiq tartibi uni sarosimaga tushirib qo‘ydi.

Rozaxonim u yerda o‘quv bilim yurti egasi edi, shu bois har qanday shumlik qattiq jazolanmasdan qolmasdi. Bo‘lajak yozuvchi 6 yoshida Ko‘pgina jazolarni pansionda o‘tkazgan, shu tufayli umrining oxirigacha uyqusizlik kasali uni qiynagan. Kiplingni kasal bo‘lishi onasini Angliyaga kelishiga majbur qiladi. Onasi Alisa u yerdagi sharoit va ahvolni ko‘rgach, darhol bolalarini maktabdan qaytarib oladi.

12 yashar Redyard Devon harbiy bilim yurtiga qabul qilinadi, u yerda bolalarni harbiy akademiyaga tayyorlashar edi. Ota-onasi ishonib,Redyardni Hindistonga qaytarish uchun shu harbiy kolonna xizmatiga berishgandi. Afsus, Kipling uzoqni qo‘ra olmaganligi tufay harbiylikni tashlashga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, bu harbiy bilim yurtida do‘stining otasi Kormell Prays bilan tanishadi, u Kiplingdagi adabiyotga bo‘lgan qiziqishi va yozuvchilikka bo‘lgan mahoratini payqaydi.

Ijodiy pillapoya

U o‘qishi tugagach, 1882 yil Kipling Hindistonga qaytadi va «Civiland Military Gazette» gazetasida muxbir bo‘lib ishlaydi. Ana shu tahririyatda uning birinchi ijodiy namunalari — she'r va hikoyalari nashr etiladi.

Tez orada Allaxobodda chop etiladigan «Pioner» gazetasi yosh jurnalistga turli mamlakatlarga sayohat haqida ocherk yozishni taklif etadi. Kipling zo‘r ishtiyoq bilan Osiyo va Amerikaga sayohat qilgan bo‘lardi. Shunga qaramay 1888-1889 yillarda u turli mamlakatlar madaniyati bilan tanishib, nashr etilgan 6 ta kitobida shu haqda batafsil yozgan. Adabiyot olami yosh iste'dod egasini ko‘tarinki ruhda qabul qildi

1889 yil Angliyadan Xitoy, Birma, Yaponiya, so‘ng Shimoliy Amerika sayohatiga yo‘l oldi, keyin yana Londonga qaytgach, yangi asarlar ustida ijod qilishga kirishadi.

London uning muallifligi ostida yozilgan “Hind temir yo‘llari kutubxonasi” asarini iliq kutib olishdi. 1890 yili uning “Chiroqlar o‘chdi” romani britaniyalik tanqidchilar tomonidan tasdiqdan o‘tmadi.

Kipling ikkinchi romani «Naulakxa» ustida ishlayotganida Uolkott Beylstir bilan tanishib qoladi. Tez orada Beylstirni hayotdan tif (terlama) xastaligi olib ketadi.

Redyard vafot etgan do‘stining singlisi Karolinaga uylanib, Vermontga keladi.

Elizabetxonim Kiplingni bolalar uchun asar yozishini iltimos qiladi. 1884 yil u “Changalzor kitobi”, 1895 yil “Ikkinchi changalzor kitobi” chop etiladi. Uning bolalarga mo‘ljallangan kitobi tez orada taniqli bo‘lib ketdi. Bundan tashqari u “Yetti dengiz” va “Oq tezislar” she'riy to‘plami chop etildi. Bu Kipling ikki farzandning otasi bo‘ldi. Qaynisi bilan orasi buzilgan yozuvchi Amerikani tashlab, 1896 yil oilasi bilan Angliyaga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi.

1897 yil Britaniyada  «Jasur deng iz sayyohchilari” romani nashrga chiqdi. Angliyaning iqlimi yozuvchini sog‘lig‘iga jiddiy ta'sir etadi. Shiforkorlarning qistovida Janubiy Afrikaga ketadi, u yerda A.Milner, S.Rods, L.Djeymsonlar bilan tanishadi.

1899 yilda Kiplinglar oilasi og‘ir musibatni boshidan kechiradi. Nyu-Yorkda o‘pka shamollashidan qizi Jozefina hayotdan ko‘z yumadi.

1901 yil “Kim” romani bosilib chiqdi, bu kitobi unga katta shuhrat olib keldi. 1902 yil uning “Shunchaki ertak” to‘plami Janubiy Afrika sayohatidan olgan taassurotlari haqidagi hikoyalari nashr etildi.

Tez orada u Sassekdan uy oldi, so‘ng nihoyat haqiqiy anglichan fuqarosi bo‘ldi. U yerda yozuvchi «Balandlikdagi muz” va “farishtalar mukofoti” taniqli asarlarini yozdi.

Redyard va Karolina Birinchi jahon urushida Qizil xochda faoliyat yuritishadi. Bu urush ularni yana bir jigarporalaridan ayrilishga sabab bo‘ldi. 1922 yil Redyard Kipling qirol Georg V bilan uchrashadi, keyinchalik ular yaxshigina do‘st bo‘lib qolishadi.

Kipling yangi asarlar yozishda davom etsa ham uning ijodini oldingidek iliq qarshi olishmadi.

Yozuvchi Londonda 1936 yil 18 yanvarda o‘tkir oshqozon yarasi bilan vafot etadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit