Kablukov Ivan Alekseyevich


1100

Tug‘ilgan sana: 1857 Avgust 21
Vafot etgan sana: 1942 May 5
Tug‘ilgan joyi: Moskva
Yo‘nalishlar: Kimyogarlar

Ivan Alekseyevich Kablukov (1857 - 1942) – taniqli rus kimyogari, faxriy akademik, M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti professori bo‘lgan. U zamondoshlari va izdoshlari bo‘lgan Mendeleyev, Bertlo, Osvald, Arrenius, Butlerovlar kabi o‘z umrining 65 yilini kimyo faniga bag‘ishlagan. Ivan Alekseyevich kimyo faninning ko‘pgina yo‘nalishiga yangi sanoat texnologiyasi rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Tarjimai holi

Kimyogar Ivan Alekseyevich Kablukov 1857 yilda tavallud topgan. 1880 yil Moskva universitetini tamomlagach, professorlik unvonni olish uchun Kimyo kafedrasida tayyorgarlik ko‘radi. 1881 – 1882 yillarda Peterburg universitetiga ma'ruza tinglash maqsadida xizmat safariga yuboriladi, professor Butlerov laboratoriyasida kimyo bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boradi va oksimetilenni yangicha olish uslubini o‘ylab topadi. 1887 yilda magistrlik dissertatsiyani yoqlaydi, chet el xizmat safariga chiqadi hamda fizika-ximiya fani bo‘yicha professor V.Osvald laboratoriyasida "Ueber die electrische Leitfahigkeit von Chlorwasserstoff in verschiedenen Lusungsmittein" tadqiqotini ishlab chiqadi.1891 yilga borib Kablukov doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

 1896 yildan 1903 yilgacha Moskva muhandislik bilim yurtida o‘qituvchilik qiladi va kimyo laboratoriyasini ochadi. 1899 yil Kablukov Moskva qishloq xuo‘jalik institutining kimyo kafedrasida ad'yunkt-professorlikka munosib ko‘riladi. 1902 yil Moskva universitetida kimyo professori nomzodi bo‘ladi.Bundan tashqari organik va kimyo-fizika bo‘yicha tadqiqotlarini Kablukov maxsus nashr etgan: Glitserinlar va uch atomli spirtlar va ularning hosilalari” (Magistrlik dissertatsiya, Moskva, 1887 yil); "Eritmalarning zamonaviy nazariyasi (Vant Goff va Arreniuslar) bilan bog‘liq kimyo muvozanati ta'limoti (doktorlik dissertatsiya, Moskva 1891 yil); "Kimyo-fizikasining boshlang‘ich asoslari ( I, II va III nashrlar, Moskva, 1901 – 1910 yillarda); " XIX asrlarda elektrokimyo tarixidan ocherklar (Moskva, 1901 yil); "Neorganik kimyoning boshlang‘ich asoslari" (1-nashr, Moskva, 1900 yil; 5-nashr, 1912); "Qurilish materiallari texnologiyasi bo‘yicha ma'ruzalar konspekti” (Moskva, 1897); "Temir metallurgiyasi bo‘yicha ma'ruzalar konspekti" (Moskva, 1897); "Asalari mumiyosi" (Antushevich bilan hamkorlikda, Moskva, 1893); "Asaldan musallas olish haqida" (Pisarev bilan hamkorlikda, Moskva, 1899); "Asalarichilik bo‘yicha amerikaliklarning taassurotlari” (Moskva, 1913); "Atomlar qurilishining yangi nazariyasi" (2-nashr, 1908 yil).

I. A. Kablukov eritmalar nazariyasi, termokimyo, o‘gitga mineral xomashyoni qayta ishlab chiqarish sohasida muhim ishlarni amalga oshirgan. U kimyo bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan pedagog sanalgan. Keyingi 100 yillik o‘rtalariga kelib uning kimyo fani maktabini o‘qimagan moskvalik kimyogarlarni topish amrimahol edi.

 Ta'lim berish bo‘yicha o‘zining boy tajribasi bilan I.A.Kablukov fizika va neorganik kimyo, termokimyo bo‘yicha bir qancha darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalar yaratdi.

1941 yil oktyabrda Timiryazev akademiyasidan ko‘chib keltirilgan olimlar bilan birga Kablukov ham Toshkentga keldi. O‘zbekiston hukumati taniqli olimga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdi. Unga Toshkent davlat universiteti kimyo fakultetidan ish taklif etishdi va alohida uy berishdi.Lekin uning sog‘ligi yomonligi tufayli faol bo‘lolmadi. Faqat u bir qancha ommaviy tadbirlarda ilmiy masalalar va kimyo texnologiyasi bo‘yicha ishtirok etdi, xolos.

I. A. Kablukov umrining oxirigacha hazil-mutoyibaga boy kishi sifatida ham odamlar yaxshi eslab qolishgan. Bahorning ayni kunlarida 1942 yil Fanlar akademiyasidan ketgan bir qancha kimyogarlar Kablukov Toshkentda vafot etganligini eshitishdi. Uni xotirasini yod aylab, kengash o‘tkazildi va “Fanlar Akademiyasi Xabari” jurnalida olimning oila a'zolariga chuqur ta'ziya izhorini bildirishdi.

Bir necha kundan keyin Toshkentdan telegramma olishdi. “Sizlarni kengash o‘tkazganinglarni eshitib qoldim, menga bayonnomasini yuboring”. Kablukov imzosi bilan. Hamkasblari boshlarini changallab qolishdi: nahotki, tilaklayin ko‘milgan bo‘lsa... Bu nomani yozishi bilan olimning ahvoli yomonlashgan edi. Hamma bu xat ilgariroq yozilganini payqashdi. Chunki Kablukov o‘limi oldidan yana bir hazillashgan ko‘rinadi. 

Umrining so‘nggi kunlarida Toshkentda yashadi va 1942 yil shu yerga dafn etildi. O‘zbekiston milliy universitetining kimyo fakultetida uning portreti qo‘yilgan. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit