Kapadze Temur Tohirovich


2234

Tug‘ilgan sana: 1981 Sentyabr 5
Tug‘ilgan joyi: Fargʻona
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Kapadze Temur Tohirovich — Oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Toshkentning „Lokomotiv“ klubi aʼzosi. Temur Kapadzening otasi Tohir Kapadze murabbiy.

1981 yil 5-sentyabrda Fargʻonada tavallud topgan. Fargʻonaning „Neftchi“, Toshkentning „Paxtakor“ hamda „Bunyodkor“ jamoalarida oʻn marotaba Oʻzbekiston chempionidek sharafli nomga sazovor boʻlgan. Uch marotaba mamlakat chempionatining kumush medallari bilan taqdirlangan. Sakkiz bor Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻldi. Janubiy Koreya, BAA va Qozogʻiston chempionatlarida toʻp surgan. Timur Kopadze 2002 yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Tajribali yarim himoyachimiz ayni paytda terma jamoa tarkibidan eng koʻp maydonga tushgan futbolchi hisoblanadi.

Karyerasi

Yillar Klub Oʻyin va gollari
1998-2001 Neftchi Fargʻona 14/2
2002-2007 Paxtakor 94/15
2008-2011 Bunyodkor 24/6
2011-2012 Inchxon Yunayted 28/4
2012-2015 Aktobe 44/11

Yutuqlari

Neftchi Fargʻona safida

  • 2001-yili Oʻzbekiston Chempioni
  • 1998,1999, 2000-yillari Oʻzbekiston Vitse-Vhempioni
  • Osiyo Kubok Egalari Kubogi qatnashchisi

Paxtakor safida

  • 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007-yillari Oʻzbekiston Chempioni
  • 2002, 2003-yillari Oʻzbekiston Kubogi sohibi
  • Osiyo Chempionlar Ligasi qatnashchisi

Bunyodkor safida

  • 2008, 2009, 2010-yillari Oʻzbekiston Chempioni
  • 2008, 2010-yillari Oʻzbekiston Kubogi sohibi
  • Osiyo Chempionlar Ligasi qatnashchisi

Aktobe safida

  • 2013-yili Qozogʻiston Chempioni

Shaxsiy yutuqlari

  • 1998, 2001, 2004, 2005, 2006-yillari Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi
  • 1998-yili Oʻzbekiston Chempionati toʻpurari
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit