Kenjayev Zoxid


504

Tug‘ilgan sana: 1992 Mart 30
Yo‘nalishlar: Sportchilar

To‘rt yil avval, Olimpiya o‘yinlariga ishtirok etish litsenziyasini olish uchun Eronda o‘tkazilgan saralash baxslarida, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Eron vakillari bilan murosasiz o‘yinlarda litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, Zoxid Kenjayev O‘zbekiston nomidan ushbu sport turi bo‘yicha Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi birinchi sportchi bo‘ldi.

Olimpiya o‘yinlarida stol tennisi bo‘yicha ikkinchi aylana boshlangach Zoxid Kenjayev britaniyalik Liam Pitchfordga yengildi.

24 yoshli Zoxid birinchi setni yaxshi boshlamadi. Ikkinchi setda xatoliklarga yo‘l qo‘yib geym-pointni qo‘ldan boy berdi. So‘ng raqibiga yetib olishga xarakat qildi, ammo oxirgi setlarda o‘zbek tennischisi kontsentratsiyani yo‘qotdi va Pitchfordga g‘alaba qozonishga imkoniyat berib qo‘ydi. Natija - 4:1.

Shunday qilib, O‘zbekistonni birinchi bor Olimpiya o‘yinlarida stol tennisi bo‘yicha namoyon etgan Zoxid Kenjayev bir g‘alaba bilan turnirni tark etdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit