Kochnev Gerasim


897

Tug‘ilgan sana: 1987 Mart 20
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Kochnev Gerasim 1987 yil 20 mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 2005 yil Chirchiq olimpiya rezervlari kasb-hunar kollejini tamomlagan va sport bo‘yicha murabbiylik mutaxassisligiga ega bo‘lgan.
Grebley eshkak sport turi bilan 2001 yildan boshlab shug‘ullanishni boshlagan. 2009 yildan buyon Milliy terma jamoa tarkibida. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi.
Xitoyda (Guanchjou) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati 1 000 metrga juft eshkak eshish bo‘yicha chempion. 1 000 metrga to‘rt kishilik suzish bo‘yicha 2011 yil Birinchi (Poznan Polsha) va Ikkinchi (Rachitse Chexiya) jahon Kubogi kumush medal sovrindori, 2011 yil jahon chempionati o‘ninchi o‘rin sohibi. Segedada (Vengriya) juft eshkak eshish bo‘yicha 500 m ga suzgan, 2011 yil Tehron (Eron)da bo‘lib o‘tgan 14-Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan. Yakka tartibdagi eshishda 1000 metrga suzgan va kanoe-yakkaligida 500 metrga suzib, bronza medali bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit