Komil Xorazmiy


686

Tug‘ilgan sana: 1825 yil
Vafot etgan sana: 1899 yil
Tug‘ilgan joyi: Xorazm
Yo‘nalishlar: Shoirlar, O`rta asr arboblari, Matematiklar

Komil Xorazmiy (1825 — 1899) — o‘zbek shoiri va musiqashunosi.

Asl ismi - Muhammad Niyoz Mirzaboshi. Xivaning madrasasida tahsil olgan. Ogahiy maktabining tarbiyalanuvchisi bo‘lgan. Muhammad Rahimxon II ning kotibi va devonxona boshqaruvchisi bo‘lib xizmat ko‘rsatgan.

“Xorazmliklar” nomi bilan taniqli notalar tizimini kashf qildi va o‘zbek mumtoz musiqalarini yozdi. “Kalila va Dimna” ni fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildi. Iqtidorli rassom va hattot bo‘lgan.

U Xiva xonligining devonxona boshlig‘i bo‘lgan va 50 dan ortiq kotiblar va musiqachi shogirdlarni chiqargan.

Davlat arbobi sifatida u Xorazmning madaniyati va ma’naviyati rivojiga katta xissa qo‘shdi. Shu bilan bir qatorda uning ishtirokida Muhammad Rahimxon hukmronligi vaqtida Xiva shahrida nashriyot tashkil etilgan.

1883 yil Komil Xorazmiy Muhammad Rahimxon bilan birga Moskva va Sankt-Peterburgda bo‘lib keladi, u yerda rus xalqining xayoti va madaniyatini o‘rgandi. Sayohatdan qaytgandan so‘ng Komil Xorazmiy Xivada ochiq mahalliy rus maktabini boshqardi, bu yerda adabiyot va musiqa kechalarini tashkil qildi.

Uning o‘g‘li va shogirdi Muhammad Rasul Mirzaboshi (1870—1916) Xorazm tanburidan foydalanib 6 ta maqom yozdi. Komil Xorazmiyning qo‘lyozma devoni O‘zbekiston Respublikasining Toshkent davlat sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit