Komilov Ibrohim Usto Komil o‘g‘li


946

Tug‘ilgan sana: 1928 yil
Vafot etgan sana: 2002 yil
Tug‘ilgan joyi: Farg'ona
Yo‘nalishlar: Rassomlar

Ibroxim Komilov (1928y., Farg‘ona viloyati, Rishton-2002y., Farg‘ona viloyati, Rishton) -kulol, usta-keramist “naqqosh”, kulollar sulolasining yettinchi avlodi, buyuk Usta - Farg‘ona vodiysidagi kulolchilarning ustozi hisoblangan oqsoqol, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston xalq ustasi Abdulla Kulol(Kali Abdullo)ning nevarasi.

Tarjimai holi

Ibroxim Komilov 1928 yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Usta Komil, buyuk Usta o‘g‘li - Farg‘ona vodiysidagi kulolchilarning ustozi hisoblangan oqsoqol Abdulla Kulol(Kali Abdullo)- oilasida yettinchi avlod bo‘lib dunyoga kelgan.

U kulolchilik san’atini otasi Usta Komildan, va amakilari Usta Dodo va Usta Madamin(Mulla Madamin Axun), hamda mashhur kulol ustasi-ko‘zagar, XIX asr mashhur ustalaridan bo‘lgan Bobo Xoji Mirsalimov shogirdi Usta Mirsodiqdan o‘rgangan.

Usta 60 yil davomida Rishton keramik zavodida faoliyat yuritgan. U kulolchilikning turli yo‘nalishlari, chinnipazlik, chizmalar, forma va turli xil kulolchilik uchun zarur bo‘lgan loy qorishmalari texnologiyalari bo‘yicha eng mashhur ustalardan biri bo‘lgan.

U kulolchilik uchun ishqor loyini yanada mukammallashtirish va uni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Toshkentdagi Baranov keramik artelida ta’lim olgan. Rigada ijodiy safarda bo‘lgan. O‘zbekistondagi va horijiy ko‘rgazmalarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Ustaning ijodiy ishlari O‘zbekiston Davlat muzeyi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direktsiyasi, Farg‘ona viloyati muzeyi, Moskva Sharq san’ati muzeyi, Sankt-Peterburg etnografiya muzeyi, Davlat Ermitaji-va xorijiy to‘plamlarda uchratishingiz mumkin. 1997 yildan beri “Hunarmand” O‘zbekiston xalqi ustalari Assotsiatsiyasi a’zosi.

I.Kamilov - Rishtondagi hashar yordamida qurib bitirilgan XII asrning mashhur islom dini targ‘ibotchisi Burxaniddin al- Marg‘inoniy maqbarasini bezatib turgan yog‘och o‘ymakorligi dizaynini muallifi sanaladi.

Mukofotlari

•«O‘zbekiston xalq rassomi» (1973 y.)

•«SSSR Davlat premiyasi laureati» (1983 y.)

•O‘zbekistonning mehnat zafarlari kitobi “Mehnat”ga kiritilgan (1984 y.)

•Stipendiatom programmi PROON YuNESKO «Ustoz-shogird» (Uchitel-uchenik) (1996 g.)

•«Narodniy master Uzbekistana» (1998 g.)

Avlodi

•Qizi — Xalima Ergasheva, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

• O‘g‘li — Komilov Ismoiljon, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

•O‘g‘li — Komilov Isroil, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

•O‘g‘li — Komilov Muzaffar, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

• O‘g‘li —Komilov Sharofiddin, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

Shogirdlari

•Ashurali Yuldashev, usta-kulol, , Mehnat Qizil Bayrog‘i ordeni, Xalqlar Do‘stligi ordenlari, SSSR VDNX medali bilan taqdirlangan

•Sharafiddin Yusupov, usta-kulol, “naqqosh”, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi.

•Rustam Usmanov, usta-kulol, “naqqosh”, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi, “Hunarmand” milliy hunarmandchilik ustalari asotsiatsiyasi a’zosi.

•Muzaffar Saidov, usta-kulol, “naqqosh”, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi, “Hunarmand” milliy hunarmandchilik ustalari asotsiatsiyasi a’zosi.

•Kimsanboy Abduqodirov, usta-kulol, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

•Nabijon Qodirov, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

•Kimsanboy G‘anijonov, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

•Eliboyev G‘anijon, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

•Yuldashali Ergashev, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

•Nimadali Ergashev, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit